Forbes: Rossiyada dollarli milliarderlar soni rekord darajaga yetdi
Amerikaning Forbes jurnali yangilangan ro‘yxatiga ko‘ra, so‘nggi bir yil ichida Rossiya fuqarolari orasida dollarli milliarderlar soni yangi rekord ko‘rsatkichga yetdi. Ishbilarmonlarning bir qismi Rossiya Federatsiyasidan tashqarida yashayapti.

Foto: Mikhail Metzel/ITAR-TASS/imago
Rossiyada so‘nggi bir yilda dollarli milliarderlar soni va ularning umumiy boyligi sezilarli darajada oshdi. Amerikaning Forbes jurnalining 1 aprel, seshanba kuni e’lon qilingan yangilangan ro‘yxatiga ko‘ra, ikkala ko‘rsatkich ham rekord darajaga yetdi.
Rossiya milliarderlar soni bo‘yicha dunyoda beshinchi o‘rinda. Ro‘yxatda jami 3028 kishi bor. Eng ko‘p vakillar AQSh (902), Xitoy (516), Hindiston (205) va Germaniyadan (171). Rossiya dollarli milliarderlar soni bo‘yicha beshinchi o‘rinni egallab turibdi.
Forbes'ning ingliz tilidagi versiyasiga ko‘ra, Rossiya fuqarolari orasida dollarli milliarderlar soni bir yil ichida 120 dan 140 kishiga, ularning umumiy boyligi esa 537 milliard dollardan 580 milliard dollarga oshgan. Shu bilan birga, Forbes'ning rus tilidagi versiyasida yozilishicha, 2025 yilda Rossiya Federatsiyasida dollarli milliarderlar soni 146 kishini, ularning umumiy boyligi 625,5 milliard dollarni tashkil qilgan. Qayd etilishicha, eng boy 20 nafar rossiyalikdan 14 nafari G‘arb sanksiyalariga duchor bo‘lgan.
Forbes Russia ma’lumotlariga ko‘ra, milliarderlar ro‘yxatidagi rossiyaliklar soni va ularning umumiy boyligi 2022 yilda, Ukrainada urush boshlanganidan keyin keskin kamaydi. O‘shandan beri ikkala ko‘rsatkich ham o‘sdi va 2021 yilda o‘rnatilgan avvalgi rekordni ortda qoldirdi. Forbes o‘z ro‘yxatini 1987 yildan beri yuritib keladi.
«Lukoyl» asoschisi Vagit Alekperov ketma-ket ikkinchi yil Forbes talqini bo‘yicha 28,7 milliard dollar bilan eng boy rossiyalik deb tan olinmoqda. Undan keyin - «Severstal» va «Novatek» kompaniyalari rahbarlari Aleksey Mordashov (28,6 milliard) va Leonid Mixelson (28,4 milliard) oilalari bilan.
Forbes kartochkalariga ko‘ra, Rossiya fuqaroligiga ega bo‘lgan ko‘plab milliarderlar boshqa mamlakatlarda yashaydi. Masalan, Andrey Melnichenko — BAAda, Mixail Proxorov — Shveytsariyada, Petr Aven — Latviyada, Yelena Baturina — Buyuk Britaniyada.
So‘nggi yangiliklar
-
Kadastr agentligi Andijon tumani bo‘limi sobiq boshlig‘i ushlandi
O‘zbekiston | 16:17
-
Namanganda YPX xodimlari noqonuniy olib ketilayotgan 360 ta iPhone’ni “qo‘lga oldi”
O‘zbekiston | 16:14
-
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52
-
Yaponiya o‘zbekistonlik haydovchilar uchun mehnat bozorini ochmoqda
O‘zbekiston | 15:20
Mavzuga oid

23:29 / 10.04.2025
Bill Geyts farzandlariga milliardlab dollar meros qoldirmasligini ma’lum qildi

08:38 / 05.04.2025
Jinoyat sodir etib, qochib yurgan o‘zbekistonlik Rossiyada ushlandi

08:28 / 05.04.2025
Yevropa va Kanada Putindan AQSh taklifiga darhol javob berishni talab qilmoqda

08:14 / 05.04.2025