Taniqli jurnalist-tadqiqotçi va yozuvçi Mavlon Yöldoşev (Mavlon Şukurzoda) 69 yoşida Toşkentda tösatdan vafot etdi.
U 1954 yil 31 mayda Toşkent viloyatida tuğilgan. Toşkent töqimaçilik institutini tamomlagan. Sovet davrida u partiya tizimida işlagan. Keyinçalik Taşqi işlar vazirligida kadrlar bölimiga rahbarlik qildi. «Fidokorlar» partiyasi a’zosi bölgan.
Mavlon Şukurzoda Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi a’zosi ham edi. Sönggi yillarda u mustaqil jurnalist sifatida işlagan va kitoblar yozgan. U futbolni juda yaxşi körardi — köplab asarlarini şu sohaga bağişlagan va futbol bilan boğliq tadbirlarda faol iştirok etgan.
Turli mavzularda 20 dan ortiq kitoblar yozgan, jumladan, «Amerikalik özbeklar», «Özbek futboli: keça, bugun, ertaga», «Paxtakor-79» («Paxtakor» jamoasi aviahalokatining 35 yilligiga bağişlangan), «Xalq diplomatiyasi: Özbekiston — Buxoro yahudiylari — AQŞ» (AQŞ va Kanada Buxoro yahudiylari kongressi taşkil etilganining 20 yilligi munosabati bilan), şuningdek, özbek-amerikan, özbek-turk va özbek-ozar munosabatlari haqidagi kitoblar.
U ayrim kitoblarini çop etişga ulgurmadi. Bu işni uning oilasi bajariş niyatda. Ana şunday kitoblardan biri afsonaviy «Paxtakor» futbolçisi Gennadiy Krasnitskiy haqida. Özbekiston-Turkiya munosabatlariga bağişlangan yana bir kitob ham naşrga tayyorlanayotgan edi.
«Biz noyob odamni yöqotdik. Sönggi yillarda u bilan deyarli har kuni boğda ertalab sayr qilayotib gaplaşardik. U bilan deyarli har qaysi mavzuda gaplaşiş mumkin edi», deydi jurnalist Boris Babayev «Gazeta.uz»ga.








