Nega issiq kunlarda muzdek suv ichish xato? Mutaxassis izoh berdi

Foto: Getty Images
Yozning jazirama kunlarida ko‘pchilik muzdek suv ichish bilan o‘z chanqog‘ini qondirishga harakat qiladi. Xo‘sh, bu qanchalik to‘g‘ri? Ushbu savolga oliy toifali shifokor Hilola Jamilova javob berdi.
— Ko‘pchilikning fikricha, issiq havoda muzdek suv ichish chanqoqni qondirib, organizmni tez sovutadi. Biroq bu noto‘g‘ri, — deydi mutaxassis. — Chunki jazirama payti tana o‘zini tabiiy sovutishi natijasida ko‘p terlaydi.
Sovuq suv ichganda esa organizm uni isitishga majbur bo‘lib, ikki hissa ko‘p energiya sarflaydi. Oqibatda tana sovish o‘rniga yanada qiziydi. Bu esa organizm uchun stressdir.
Qolaversa, jazirama kunlari muzdek suv ichish ko‘plab kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Birinchi galda sovuq ichimlik ovqat hazm qilish tizimiga salbiy ta’sir etadi.
Ma’lum bo‘lishicha, past haroratli suv iste’mol qilish qon tomirlarini toraytirib, spazm hosil qiladi va organizmda ovqatni qayta ishlash jarayonlarini sekinlashtiradi.
Ayniqsa, sovuq suv yog‘li taomlar bilan birga ichilganda yog‘ organizmga so‘rilishi qiyinlashadi. Bu esa salomatlik uchun ancha xavfli.
Shuningdek, past haroratli ichimlik tanada ovqat hazm qilish uchun zarur bo‘lgan fermentlar ishlab chiqarilishini bloklab, immunitetni pasaytiradi. Bundan tashqari, shamollash, angina va burun-halqum yo‘lining boshqa kasalliklariga sabab bo‘lishi mumkin.
Aksincha, jazirama havoda iliq yoki xona haroratida bo‘lgan suyuqlik ichish tavsiya qilinadi. Xususan, 36-37 darajali oddiy suv organizmda metobolizm va ichak faoliyatini yaxshilab, qondagi xolesterin miqdorini pasaytiradi hamda tanadan toksinlarni haydaydi.
Qolaversa, bunday ichimlik chanqoqni tez qondirib, tanadagi termoregulyatsiyani rag‘batlantiradi. Natijada issiq havoda organizm tezroq soviydi.
Shu bilan birga, iliq suv tanadagi suv-tuz balansini me’yorlashtiradi.
Buning uchun kuniga o‘rtacha 2-3 litr iliq suyuqlik (ko‘k choy, gazsiz mineral suv) ichish tavsiya etiladi.
Bundan tashqari, chanqoq payti yashil yoki o‘simlik choylari (romashka, yalpiz va boshqalar), qorag‘at, olcha, olxo‘ri kabi nordon mevalardan tayyorlangan sharbatlar, ayron, kefir ichish juda foydali. Sababi, ular orqali organizmga mineral moddalar va vitaminlar kirib boradi.
Jaziramada gazlangan, energetik va alkogol ichimliklar, qahva iste’mol qilish mumkin emas.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Harbiy xarajatlarni oshirayotgan Yevropa va NATO mudofaasiga sodiq Tramp - Haagadagi sammit tafsilotlari
Jahon | 15:45
-
XVJ O‘zbekistonda «soliq yuki»ni kengaytirishni taklif qildi. Iqtisodchi berilgan tavsiyalarni keskin tanqid qildi
Iqtisodiyot | 15:45
-
“O‘rnimda boshqa odam bo‘lganda ham shu ishni qilardi” - bolakayni qutqargan YPX inspektori haqida
Jamiyat | 15:35
-
Kosonda 2,5 yoshli bola xususiy bog‘chada vafot etdi
Jamiyat | 15:07
Mavzuga oid

09:53 / 17.06.2025
O‘zbekistonda jazirama sabab poyezdlar harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatiladi

23:51 / 19.05.2025
Olimlar jazirama va suv toshqinlarining yashirin xavfini aniqladi

17:23 / 14.05.2025
Jaziramada organizmni qanday himoyalash lozim? – SSV tavsiyalari

17:50 / 24.08.2024