Xalqaro valuta jamğarmasi Özbekistonni soliqqa tortiş bazasini kengaytiriş va soliq tuşumlarining yalpi içki mahsulotdagi uluşini tiklaş böyiça çoralar körişga çaqirdi. Bu haqda XVJ missiyasining mamlakatga taşrifi yakunlari böyiça tayyorlagan xulosasida keltirib ötilgan.

«2025 yilgi budjet umuman olganda soliq imtiyozlarini kengaytiradi va mavjudlarini uzaytiradi. Bu esa soliq bazasining ösişini sekinlaştiradi hamda soliq tuşumlarining YaIMga mutanosib ravişda ösiş imkoniyatini çeklaydi», deyiladi hisobotda.

XVJ hukumatga kelgusi uç yil mobaynida daromadlarni oşirişning örta muddatli strategiyasini işlab çiqiş va soliq tizimini yanada adolatliroq qilişni tavsiya qildi. Bu 2020 yildan keyingi davrda yalpi içki mahsulotning 2 foizlik nuqtasi yöqotilişini qoplaşga kömaklaşişi kerak.

  • XVJning texnik yordam böyiça tavsiyalarida quyidagi takliflar mavjud:
  • aksiz soliğini oşiriş (masalan, spirtli içimliklar, yoqilği, transport vositalari va şakar uçun). Bu YaIMning 1,1 foizigaça daromad keltiradi;
  • investitsiya imtiyozlarini kamaytiriş, daromadlarga asoslangan soliq imtiyozlari va foyda soliğidan ozod qilişni qayta körib çiqiş. Bu YaIMning 1,1 foizigaça daromad keltiradi;
  • samarasiz bojxona imtiyozlarni bekor qiliş va yangi yengilliklar berişni töxtatiş. Bu YaIMning 3,2 foizigaça daromad keltiradi.

«Soliq tizimini adolatliroq qiliş uçun daromad soliğining hozirgi bir xil stavkasini progressiv stavkaga almaştiriş kerak», deya qayd etilgan hisobotda. 

«Özbekiston hali na rivojlangan, na töliq bozor iqtisodiyotiga ötgan davlat»

Iqtisodçi Yuliy Yusupov Xalqaro valuta jamğarmasi tavsiyalarini keskin tanqid ostiga oldi.

«Mutaxassis sifatida alohida şaxslar va tarmoqlarga beriladigan imtiyozlar töliq barham topişi kerakligiga töliq qöşilaman. Çunki bunday imtiyozlar bozor mexanizmlarining töğri işlaşini izdan çiqaradi, korrupsiya va raqobatni çeklovçi muhitni şakllantiradi.

Biroq, XVJ tomonidan budjet daromadlarini oşiriş zarurati borasida bildirilgan fikrlar hayrat uyğotadi. Ularning ta’kidlaşiça, 2020 yildan buyon YaIMga nisbatan budjet tuşumlari kamaygan va buni qoplaş lozim ekan. Ammo Osiyo taraqqiyot banki (OTB) ma’lumotlariga qaralsa, bunday kamayiş kuzatilmagan: 2020 yilda konsolidatsiyalaşgan budjet daromadlari YaIMning 26,9 foizini taşkil etgan bölsa, 2024 yilda bu körsatkiç 30,5 foizga yetgan. Şunisi rostki, davlat xarajatlari bundan ham köproq ösdi — 29,1 foizdan 35,5 foizgaça. Albatta, budjet tuşumlari ösişi davlat xarajatlari sur’atiga yetmayapti, bu esa budjet taqçilligi va davlat qarzining oşib borişiga olib kelyapti. Savol tuğiladi: bunday vaziyatda, iqtisodiyot zimmasiga tuşayotgan soliq yukini yanada oşiriş kerakmi yoki, aksinça, şişirilgan va tez ösib borayotgan davlat xarajatlarini qisqartiriş lozimmi?» deya yozdi Yusupov.