Qaşqadaryo viloyati Koson tumani Uşoqtepa mahallasidagi xususiy boğçada 2,5 yoşli qizaloq vafot etdi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Ma’lum bölişiça, hodisa 2025 yil 20 iyun kuni Lola Haqnazarovaga tegişli xususiy boğçada sodir bölgan. 2,5 yoşli Zarina Izzatillayevani ertalab Lola Haqnazarova uyidan boğçaga olib ketgan. Köp ötmay uning yaqinlariga qizaloqning tobi bölmay qolgani haqida xabar berilgan.

“Otasi Rossiyada edi. Onasi bilan poliklinikaga bordik. Şifokorlar bolada hayot nişoni yöq edi deyişdi va u ekpertizaga olib ketilganini aytişdi. Uyga borib kutib ötirdik. Keyin xabar bölgaç ekspertizadan murdasini olib keldik. Bizga bola maşinada qolib, dimlanib ölgan deyişdi. Bizni hozirça heç kim heç qayerga çaqirgani yöq”, deydi Kun.uz’ga qizaloqning buvisi.

Buvining qöşimça qilişiça, bolalarni boğça rahbari Lola Haqnazarovaning özi har kuni Spark maşinasida uydan boğçaga, boğçadan uyga taşigan. Öşa kuni ham Zarinani boğçaga u maşinada olib ketgan. Qizning buvisiga köra, öşa paytda maşinada 7-8 nafar bola bölgan.

Bolaning aynan nimadan vafot etgani hozirça ma’lum emas. Kun.uz jurnalisti bilan suhbatlaşgan Uşoqtepa mahallasi raisi holatni tasdiqlab, hozirda işni prokuratura örganayotganini ma’lum qildi. Raisning aytişiça, qizaloqning vafotidan söng xususiy boğça faoliyati töxtatilgan.

Oldinroq Qaşqadaryo viloyati, Qamaşi tumanidagi xususiy boğçada 2 yoşli qiz ariqqa çökib halok bölgandi.