Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda bankda amaliyot o‘tayotgan ikki talaba jinoyatga qo‘l urdi
Ular amaliyot davrida bankning barcha sirlarini o‘rganib, fuqaroning plastik kartasidan 75,7 mln so‘m mablag‘ni o‘g‘irlashgan hamda bankomatdan naqdlashtirib olishgan. Talabalardan biri 2 yil 3 oyga, ikkinchisi 2 yilga qamalgan.
IIVning ma’lum qilishicha, Termiz shahrining Tuproqqo‘rg‘on mahallasida yashovchi fuqaro “102” xizmatiga qo‘ng‘iroq qilib, noma’lum shaxslar bank kartasidan ilova orqali 75 mln 700 ming so‘m pulni yechib olganini bildirgan. Surxondaryo viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida ushbu jinoyatni tijorat banklaridan biriga amaliyot o‘tash uchun borgan ikki talaba sodir qilgani aniqlangan.
Talabalar amaliyot davrida bankning barcha sirlarini o‘rganib borishgan. So‘ngra o‘zaro kelishib, tanishining nomiga telefon raqami rasmiylashtirgan hamda uning telefonidan foydalangan holda bank xodimlarini aldab, turli amaliyotlarni bajarishgan. Jumladan, fuqaroning 75 mln 700 ming so‘m pulini o‘g‘irlashgan. O‘g‘irlangan pullar Termiz shahrida joylashgan bankomatlardan naqdlashtirilgan.
Gumonlanuvchilar qisqa fursatda aniqlanib, ulardan telefon apparatlari, ko‘plab bank kartalari, shuningdek, ulardan biri onasiga berib yuborgan 59,8 mln so‘m miqdoridagi pul hujjatlashtirib olingan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, to‘plangan hujjatlar sudga yuborilgan. Sud hukmiga ko‘ra amaliyotchi talabalar Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan aybli deb topilgan va ulardan biriga 2 yil 3 oy, ikkinchisiga esa 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Oldinroq Buxoroda bank xodimi 41 kishining bank kartasidan pul o‘g‘irlab, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgani aniqlangandi.
Mavzuga oid
20:37 / 03.06.2026
Surxondaryoda tug‘ilgan to‘rt oyoqli chaqaloq murakkab jarrohlik amaliyotidan o‘tdi
10:32 / 16.05.2026
Bankomatda muammoga uchragan mijoz sarson bo‘lmasligi kerak - Markaziy bank
14:58 / 12.05.2026
Sudya yordamchisi 53 ming dollar bilan ushlandi
18:15 / 05.05.2026