«Shimoliy oqim»dagi portlashlar: Germaniya BMTga yaxtadagi portlovchi moddalar izi haqida ma’lum qildi
«Shimoliy oqim»dagi portlashlar bo‘yicha BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishi arafasida Germaniya tergovning borishi haqida hisobot berdi.
Germaniya tergov organlari yaxtadan olingan namunalarda suvosti portlovchi moddalari izini topdi, tergov gumoniga ko‘ra, ular «Shimoliy oqim» gaz quvurlarini buzish uchun ishlatilgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda 11 iyul, seshanba kuni Germaniyaning BMT Xavfsizlik kengashiga yo‘llagan maktubiga tayanib, Reuters agentligi xabar bermoqda.
Germaniya, Shvetsiya va Daniya «Shimoliy oqim» portlashlari yuzasidan mustaqil tergov olib bormoqda. Mamlakatlar o‘zlarining dastlabki xulosalarini BMT Xavfsizlik kengashiga Rossiya tashabbusi bilan chaqirilgan yig‘ilish arafasida jo‘natdi, RF tergov jarayoni haqida xabardor qilinmaganidan g‘azabda, deb yozadi Reuters. «Tekshiruvlarning hech biri yakuniga yetmagan va hozircha ular qachon yakunlanishini aytishning iloji yo‘q. Sabotaj harakatlarining tabiati misli ko‘rilmagan va tergovlar murakkab», - deyiladi uch davlatning qo‘shma bayonotida.
Germaniya tergovi shubhali yelkanli yaxtaning ijaraga olinishini tekshirmoqda, u «haqiqiy ijarachining shaxsini yashirish» tarzida tuzilgan. «Ushbu kema gaz quvurlariga hujum qilish uchun portlovchi moddalarni tashishga ishlatilgan bo‘lishi mumkinligiga shubhalar bor», deyiladi Germaniya tomonining xatida. U qayiqdan olingan namunalarda suvosti portlovchi moddalari izini topgan. «Hozirda jinoyatchilarning shaxsini va ularning sabablarini ishonchli aniqlashning imkoni yo‘q, ayniqsa hodisaga davlat yoki davlat arbobi rahbarlik qilganmi, degan savolga nisbatan», — deyiladi xatda.
Nemis OAV avvalroq yozganidek, tergov «Andromeda» yengil yaxtasi portlashlarga aloqador ekaniga oid versiyani o‘rganmoqda. Gap 6 sentabr kuni Rostok shahridagi portni tark etgan va tergov xulosalariga ko‘ra, portlashlar sodir bo‘lgan hududda ham bo‘lgan kichik fuqarolik kemasi haqida bormoqda. Yaxta dengizda jami ikki haftaga yaqin vaqt o‘tkazdi va portlashlardan bir hafta oldin Polshada qisqa vaqtga to‘xtagan.
Shu bilan birga, Germaniyadagi tergov, jurnalistlarning fikriga ko‘ra, ekipaj yaxtani yolg‘on hujjatlar bilan ijaraga olganiga amin. «Andromeda» bilan aloqador kamida ikki kishi - Ukraina fuqarolari, deb yozadi jurnalistlar rasmiy tergov ma’lumotlariga tayanib.
Tavsiya etamiz
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
3 ga 90. Isroil va Hamas o‘rtasidagi sulh qanday kechmoqda?
Jahon | 20:11 / 20.01.2025
Xalqaro tanlovda g‘olib bo‘lgan prezident maktabi o‘quvchilariga BYD sovg‘a qilindi
O‘zbekiston | 19:59 / 20.01.2025
“Eng xavfsiz parvoz tanlanadi” - Uzbekistan Airways osmondagi favqulodda holatlarga tayyormi?
O‘zbekiston | 17:03 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp inauguratsiya marosimida: «AQSh hukumati faqat ikki jinsni tan oladi»
Jahon | 03:50
-
The Guardian: Xalqaro jinoiy sud «eng yomon ssenariyga» tayyorlanmoqda
Jahon | 00:50
-
Latviyada Rossiya fuqarolarining ayrim sohalarda faoliyat yuritishi taqiqlanadi
Jahon | 00:18
-
Eron prezidenti Kremlda muzokaralarga kech qolgan Putinni kutishdan bosh tortgan
Jahon | 23:42 / 20.01.2025
Mavzuga oid
09:32 / 04.01.2025
Kiyevda BMT rossiyaliklar qiynoqqa solingani haqidagi so‘zlar uchun tanqid qilindi
17:00 / 28.12.2024
2024 yilda O‘zbekistonga investitsiyalar miqdori qariyb 50 foizga qisqardi - ESCAP
20:22 / 27.12.2024
BMT Tojikiston tashabbusi bilan 2025 yilni Xalqaro muzliklarni asrash yili deb e’lon qildi
19:00 / 25.12.2024