Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Xalqaro baxt kuniga bağişlangan navbatdagi hisobotini e’lon qildi. Unda odatdagidek, eng baxtli mamlakatlar reytingi keltirilgan — uşbu reytingda Finlandiya ketma-ket sakkizinçi yil yetakçilik qilmoqda.
Özbekiston baxtlilik darajasi böyiça 53-örinni egalladi. Qozoğiston 43-örinda, Qirğiziston 75-örinda, Tojikiston 90-örinda qayd etilgan. Turkmaniston röyxatga kiritilmagan.
Reyting 140 dan ortiq mamlakat aholisi örtasida ötkazilgan Gallup World Poll sörovi asosida tuziladi. Unda sönggi uç yildagi hayot sifatiga qarab davlatlarning baxtlilik darajasi baholanadi.
Tahlil jarayonida oltita asosiy körsatkiç inobatga olinadi: aholi jon boşiga töğri keladigan yalpi içki mahsulot, ijtimoiy qöllab-quvvatlaş, kutilayotgan umr davomiyligi, erkinlik, saxovat va korrupsiyani anglaş darajasi.
Şimoliy Yevropa davlatlari reytingda yetakçilikni davom ettirmoqda. Finlandiyadan keyin röyxatdan Daniya, Islandiya va Şvetsiya joy olgan. Norvegiya bu yil yettinçi örinni egalladi.
Lotin Amerikasining ikki mamlakati — Kosta-Rika (oltinçi örin) va Meksika (10-örin) birinçi marta eng baxtli mamlakatlar öntaligiga kirdi. Şuningdek, kuçli önlikdan Niderlandiya (beşinçi), Isroil (sakkizinçi) va Lyuksemburg (töqqizinçi) joy oldi.
AQŞ 2024 yilda birinçi marta dunyoning eng baxtli 20 ta mamlakati röyxatidan tuşib qolgandi, 2025 yilda esa mamlakat 24-örinni egalladi. Rossiya 66-öringa kötarildi, ötgan yili u 72-örinda edi.
Eng baxtsiz mamlakatlar sifatida Serra-Leone, Livan, Malavi va Zimbabve tan olingan. Afğoniston ketma-ket oltinçi yil reytingga yakun yasamoqda.











