Jahon | 15:29 / 16.07.2023
18738
5 daqiqa o‘qiladi

Baxmut atrofidagi yaradorlar va Xarkiv oblastida kimsasiz qolgan qishloq. Urush suratlari

Ukrainada urushning 507-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiya FXX Simonyan va Sobchak hayotiga «suiqasd»ning oldi olingani haqida xabar berdi. Go‘yoki ularni neonatsistlar «Ukraina xavfsizlik xizmati buyurtmasi bo‘yicha» o‘ldirmoqchi bo‘lgan.
  • Ukraina qurolli kuchlari qarshi hujumning dastlabki ikki haftasida frontga yetkazib berilgan harbiy texnikalarning 20 foizini yo‘qotgani xabar qilindi.
  • Belarusda «Vagner» XHKning yirik harbiy kolonnasini uchratishdi.
  • Rossiya qo‘shini Ukraina bo‘ylab Shahed dronlari bilan zarba yo‘lladi. Olti drondan to‘rttasi urib tushirilgan.
  • Janubiy Koreya prezidenti oldindan e’lon qilinmagan tashrif bilan Ukrainaga keldi.

Baxmut yaqinidagi tibbiyot punkti

Baxmut yaqinida bir yildan buyon og‘ir janglar davom etmoqda. Quyida — front chizig‘idan olib kelingan ukrain harbiylariga 80-brigada vrachlari yordam ko‘rsatuvchi stabilizatsiya punktida olingan kadrlar.

Paula Bronstein / Getty Images
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Oskolka parchasi aks etgan rentgen surati
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Stabilizatsiya punkti devorida bolalar chizgan suratlar
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Ukrainalik artilleriyachi portreti 

Baxmut atrofidagi oldingi chiziqda turgan ukrain artilleriyachilari
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA

Xarkiv oblastidagi qishloqda deokkupatsiyadan keyingi manzaralar 

Dron orqali olingan bu suratda — Xarkiv oblastida, Izyum va Slovyansk oralig‘ida joylashgan Dolgenkoye qishlog‘i o‘qqa tutilishi vaqtida hosil bo‘lgan ulkan o‘ra aks etgan. Hozirda Dolgenkoye ukrain harbiylari nazorati ostida. Keng ko‘lamli bosqin boshlanganidan beri qishloqni bu yerda yashagan 540 kishining barchasi tark etgan.
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Dolgenkoye qishlog‘idagi vayron bo‘lgan ferma bo‘ylab ketayotgan Nikolay
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Nikolay Dolgenkoyedagi uyida o‘z singlisi bilan. U bu yerga asalari xo‘jaligining qolgan qismini olib ketish uchun kelgan. Uning o‘z uyi joylashgan qo‘shni Krasnopilya posyolkasi ham janglar vaqtida vayronaga aylangan, shundan keyin Nikolay oilasi bilan Xrestishche qishlog‘iga ketgan, u yerda endi asalari ko‘paytirish bilan shug‘ullanmoqda. Devordagi yozuvlarga ko‘ra, istilo vaqtida bu uyda rossiyalik harbiylar yashagan bo‘lishi mumkin.
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Nikolayning oilasi Dolgenkoye bo‘ylab ketmoqda
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA

Peterburg yaqinidagi oilaviy tarixiy tank parki

Sankt-Peterburg yaqinidagi Gatchinskoye shosseda «Stalnoy desant» nomi ostida «oilaviy tarixiy tank parki» faoliyat ko‘rsatmoqda. Iyul oyida uning tashkilotchilari Kursk do‘gasidagi jang rekonstruksiya qilinishi haqida anons berishgandi: «Sizni unikal dam olish kunlari o‘tkazishga, tankda sayr qilishga, Kursk jangidagi to‘pdan otishga va harbiy-dala lageri ko‘rgazmasiga tashrif buyurishga taklif qilamiz, — deyiladi tashkilotchilarning „VKontakte“dagi sahifasida. — Bolalar bilan birga keling, ularga kelajakda yakuniy G‘alabani hal qilgan eng buyuk jang haqida hikoya qilib bering!» 

Peterburg yaqinidagi tank parkida o‘qlanmagan qurollar bilan o‘ynayotgan bolalar
Olga Malseva / AFP / Scanpix / LETA
Азиз Қаршиев
Muallif Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid