Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Transafg‘on temiryo‘l liniyasini qurish bo‘yicha muzokaralarning yakuniy bosqichi o‘tkazilyapti
«O‘zbekiston temiryo‘llari» delegatsiyasi Pokiston va Afg‘oniston temiryo‘l ma’muriyatlari bilan birgalikda Transafg‘on temiryo‘l liniyasini qurish bo‘yicha muzokaralarning yakuniy bosqichini o‘tkazmoqda.
Foto: O‘zbekiston temiryo‘llari
«O‘zbekiston temiryo‘llari» xabariga ko‘ra, mintaqa uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu loyiha O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashda muhim bo‘g‘in hisoblanadi.
Transafg‘on temiryo‘l liniyasi mintaqada transport hamkorligi va rivojlanishi uchun yangi istiqbollarni ochadigan keng ko‘lamli loyiha ekani aytiladi. Afg‘oniston hududi orqali O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri temiryo‘l qatnovi yo‘lga qo‘yilib, yanada samarali savdo munosabatlar va logistika ta’minlanadi.
Bildirilishicha, joriy muzokaralarda delegatsiyalar loyihaning turli jihatlarini, jumladan, moliyalashtirish mexanizmlari, qurilish masalalari, texnik tafsilotlar va amalga oshirish muddatlarini muhokama qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, loyiha O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi siyosiy va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Mavzuga oid
11:30 / 23.04.2026
Afg‘oniston giyohvand moddalardan tozalanadi – vazir o‘rinbosari jahon hamjamiyatini hamkorlikka chaqirdi
10:15 / 17.04.2026
Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 9 kg opiy musodara qilindi
21:04 / 09.04.2026
Afg‘on qozonlari ichiga yashirilgan 190 kilogrammdan ortiq narkotik modda to‘xtatib qolindi
08:34 / 07.04.2026