Konferensiyaning asosiy maqsadi M-Clinic köpfunksiyali tibbiyot markazining professional hamjamiyat hamda jamoatçilik uçun taqdimoti, Germaniya, Şveytsariya va Rossiyaning yetakçi mutaxassislari bilan kasalliklar diagnostikasi, bemorlarni davolaş va reabilitatsiya qilişda innovatsiyalar sohasida tajriba almaşişdan iborat.

Tadbir mehmonlari Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vaziri A. Inoyatov, xorijiy mutaxassislar: A. N. Plaksina (Rossiya), S. Veber (Germaniya), O. F. Voronsov (Germaniya), Ş. Şuko (Şveytsariya) va boşqalar böldi.

Amrillo Inoyatov öz nutqida Özbekiston tibbiyotini rivojlantirişda xususiy sektorning rolini ta’kidladi.

Taqdimotni spikerlar öz ma’ruzalari bilan davom ettirdilar, «Joint Commission International» (JCI) tibbiyot taşkilotlarini akkreditatsiya qiliş standartlarining maqsad va istiqbollari haqida sözladilar hamda tibbiyotda xalqaro hamkorlik mavzusiga töxtaldilar. Dunyo böylab bemorlarning ölimi borasidagi statistika ma’lumotlari va uning sabablariga alohida e’tibor qaratildi. Uşbu muammoni hal qilişning birlamçi vazifasi kasallikni töğri aniqlaş va aloqa örnatiş bölib, bu davolaş samaradorligini 90% gaça oşiradi. M-Clinic tibbiyot markazi mutaxassisi — intervension kardiolog Timur Bekmirzoyevning ta’kidlaşiça:

«Operativ jarrohlik bemorni tezkor tekşiriş va davolaşni talab qiladi, bugungi kunda M-Clinic’ning maxsus texnologiyasi va uskunalari bunday işlarni eng samarali tarzda amalga oşirişga imkon beradi».

Konferensiya doirasida tibbiy reabilitatsiya sohalaridagi dolzarb masalalar yoritildi, zamonaviy jarrohlik rivojlanişining vektori va tibbiyotning boşqa muhim jihatlari körib çiqildi. Şuningdek, Germaniya va Rossiyaning yetakçi klinikalari vakillari iştirokida yangi metodikalarga bağişlangan maxsus masterklasslar ötkazildi.

Özbekiston, Rossiya, Germaniya hamda boşqa mamlakatlarning tibbiyot sohasidagi yetakçi mutaxassislarini birlaştirgan konferensiya tibbiyot amaliyotidagi sönggi yutuqlar, texnologiyalar, tendensiyalar haqida tajriba va bilim almaşiş platformasiga aylandi.

Manzil: Toşkent, Mirzo Uluğbek tumani, Tantana köçasi, 1-uy. Möljal: TTZ bozori

Sayt: mclinic.uz

Telefon raqami: +99855 508 13 30

Qisqa raqam: 1330 | Facebook | Instagram

Reklama huquqi asosida