Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muhim axborot infratuzilmasi obektlarining kiberxavfsizligi tekshiriladi
Baholash kiberxavfsizlik va muhim axborot infratuzilmasi obektlari rahbarlarining DXXga taqdim qilgan murojaatiga muvofiq o‘tkaziladi.
DXX raisining «O‘zbekiston kiberxavfsizlik va muhim axborot infratuzilmasi obektlarining kiberxavfsizligini ta’minlash darajasini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida» buyrug‘i imzolandi.
Baholash kiberxavfsizlik va muhim axborot infratuzilmasi obektlari rahbarlarining DXXga (davlat organi) taqdim qilgan murojaatiga muvofiq o‘tkaziladi.
Muhim axborot infratuzilmasi obektlari — davlat boshqaruvi va davlat xizmatlari ko‘rsatish, mudofaa, davlat xavfsizligini, huquq-tartibotni ta’minlash, yoqilg‘i-energetika majmui (atom energetikasi), kimyo, neft-kimyo tarmoqlari, metallurgiya, suvdan foydalanish va suv ta’minoti, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, uy-joy kommunal xizmatlar ko‘rsatish, bank-moliya tizimi, transport, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, strategik ahamiyatga ega bo‘lgan foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash sohasida, ishlab chiqarish sohasida, shuningdek, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida va ijtimoiy sohada qo‘llaniladigan axborotlashtirish tizimlari.
Baholash bevosita vakolatli davlat organi tashabbusiga ko‘ra yoki uning topshirig‘i asosida “Kiberxavfsizlik markazi” DUK tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Baholash muddati – 3 oygacha, ushbu muddat qo‘shimcha 3 oyga uzaytirilishi mumkin.
Baholash jarayonida kiberxavfsizlik va muhim axborot infratuzilmasi (MAI) obektlarining kiberxavfsizligiga salbiy ta’sir etuvchi tahdidlar mavjudligi, xususan, quyidagi masalalar o‘rganiladi:
- kiberhimoyani ta’minlash tizimining samaradorligi; ma’lumot va uni qayta ishlovchi obektlardan ruxsatsiz foydalanishni oldini olish choralarining joriy etilgani;
- kiberhimoyani ta’minlash tizimi parametrlarining texnik reglamentlar talablariga muvofiqligi, kiberxavfsizlik va MAI obektining uzluksiz faoliyat yuritishini ta’minlovchi chora-tadbirlar joriy etilgani;
- kiberxavfsizlik hodisasi ro‘y berganda kiberhimoyani ta’minlash tizimining tezkor tiklash imkoniyati mavjudligi;
- kiberhujumlarni monitoring, audit va tahlil qilish, aniqlash, chora ko‘rish hamda asoratlarini bartaraf etish tizimining yo‘lga qo‘yilgani;
- kiberxavfsizlik va MAI obektini kiberxavfsizligini va uning ekspluatatsiyasini ta’minlovchi hujjatlarning mavjudligi;
- kiberxavfsizlikni ta’minlash bilan bog‘liq lavozimlarga mutaxassislarning tayinlangani;
- konfidensial ma’lumotlar himoyasining ta’minlangani.
Baholash natijalari bo‘yicha bartaraf etilishi talab etiladigan kamchiliklarni aks ettiruvchi dalolatnoma tuziladi
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00 / 20.07.2025
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30 / 20.07.2025
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xivada an’anaviy "Qovun sayli" festivali bo‘lib o‘tadi
O‘zbekiston | 07:41
-
Bundestag doimiy kiberhujumlar haqida ma’lum qildi
Jahon | 07:36
-
Zelenskiy Rossiya bilan yangi muzokaralar sanasini aytdi
Jahon | 00:39
-
Olmazorda vodorod peroksidining tarqalishi, OTM qabul kvotalarining tasdiqlanishi, Toshkentdagi ko‘chatxonalar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:55 / 21.07.2025
Mavzuga oid

18:59 / 19.06.2025
Mutaxassislar Apple, Google va Telegram'ning 16 milliard paroli sizib chiqqani haqida xabar berdi

13:53 / 19.04.2025
O‘zbekiston Axborot kodeksini qabul qilish rejalashtirilmoqda

16:34 / 18.04.2025
Markaziy bank Telegram orqali tarqalayotgan firibgarlikdan ogohlantirdi

18:01 / 11.04.2025