Uzbektourism.uz portali ma’lumotiga köra, Özbekiston Turizm qömitasi va Xorazm viloyati hokimligi tomonidan taşkil etilayotgan festival doirasida viloyatning şahar-tumanlari öz hududlarida yetiştirilgan şirin qovunlarning körgazma-savdosini ötkazadi. Pavilonlar hududiy rang-baranglik asosida bayramona bezatiladi.

Şuningdek, teatrlaştirilgan sahnalar, qöğirçoq teatri va milliy liboslar namoyişi, milliy taomlar, Xorazm nonlari va hunarmandçilik mahsulotlari körgazmalari, badiiy jamoalar, folklor guruhlarining jonli ijro çiqişlari, mahorat darslari, tasviriy va amaliy san’at asarlari körgazmasi taşkil etiladi.

"Qovun sayli"da faol iştirok etganlar turli nominatsiyalar asosida Xorazm viloyat hokimligi va homiylarning qimmatbaho sovğalari bilan taqdirlanadi.

Festivalning asosiy tadbirlari mahalliy va xorijiy yulduzlar iştirokidagi gala konsertlar bilan 8-9 avgust kunlari "Içan qal’a" va 10 avgust kuni "Arda Xiva" turizm majmualarida bölib ötadi.