Kun.uz muxbiri özbek tiliga davlat tili maqomi berilişi tarixi, ziyolilar könglidagi til bilan boğliq bugungi ğaşlik va özbek tilining xorijda öqitilişi ahvoli mavzularida suhbat ötkazdi.
Suhbat mehmonlari: tilşunos, turkolog olim Baxtiyor Isabek, tilşunos, yozuvçi Orif Tolib va jurnalist, tilşunos Eldor Asanov böldi.
— Baxtiyor aka, sizni katta bir tilşunos, turkolog olim sifatida bilamiz, yoşingiz uluğ va siz 1989 yilda özbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun, jarayonlar va ungaça bölgan kuraşlarni körgan insonsiz.
Endi oçiğini aytiş kerak, hammasi demaylig-u, yoşlarning katta qatlami bugungi kunning asl mazmunini töla tuşunmaydi. Keling, siz bir xotiralaringiz bilan bölişingki, özi qanday kun bu, biz tilimizni öşa paytda kimdan, qanday himoya qilgandig-u, uning uçun kim bilan kimlar kuraşgandi? Biz qanday qilib öz tilimizni rasmiy til qildik? Qanday tahdid, qanday muammo bor edi?

Baxtiyor Isabek:
— Özbek tilini davlat tiliga aylantirişga bölgan ilk harakatlar 1988 yili 9 fevralda talabalar şaharçasida boşlangan edi. Masalani asosiy kötarib çiqqanlar talabalar bölgan. Taşkilotçilari öşa paytdagi 5-kurs filologiya va jurnalistika fakulteti talabalari edi. Öşa paytda men til va adabiyot öqituvçisi edim. Rasmiy işlarda meni yetakçi sifatida körsatişgan, lekin boşlab bergan talabalar edi, yöl-yöriq körsatib turganman. Öşa talabalardan bir neçtasini bugun intervyuga ham olib kelmoqçi edim, lekin qanaqadir çöçişdi şekilli, kelişmadi.
9 fevral kuni umumiy tilşunoslik fanidan darsim bor edi. Talabalar kelib, sizning darsingizda til bayrami ötkazsak böladimi, deyişdi. Agar özbek tili davlat tili bölişi uçun miting qilsangiz, darsdan ozod qilib, özim olib çiqaman, dedim. Bungaça darslarda şu tilning ijtimoiy tomonlarini örganib, ikki tillilik masalasini muhokama qilib yurganmiz talabalar bilan, özi öşa payt ikki tillilik masalasi ança kötarilib qolgandi. Rus tilining obrösi baland edi unda.

Yaxşi eslayman, Gulnoza (adaşmasam, şunaqa edi ismi) degan bir olov qizimiz bor edi... Bir qarasam, talabalar şaharçasida oqib kelyapti talabalar, boşqa institutlarning talabalari ham kelibdi. Bu narsa juda hayajonga solgan meni, közimga yoş quyilib kelib, heç özimni töxtatolmaganman. Gulnoza qizimiz şunaqangi baland ovoz bilan talabalarga murojaat qildi, rejalar haqida gapirdi. Navbat-navbat boşqalar gapirdi. Juda bir boşqaça kun bölgan öşa 9 fevral. Tom ma’noda öşa kuni til bayrami bölgan, ham Navoiy tuğilgan kun edi.


















