Özbekiston delegatsiyasi Parlamentlararo assambleya kengaşining majlisida iştirok etdi.
Kengaş majlisining kun tartibidagi masalalar muhokamasiga ötişdan avval Mustaqil Davlatlar Hamdöstligiga a’zo davlatlar Parlamentlararo assambleyasi kengaşi raisi, Rossiya Federal majlisi Federal kengaşi raisi V.Matviyenko Parlamentlararo ittifoqning Toşkent şahrida ötkazilgan 150-yubiley assambleyasi va uning natijalariga töxtalib, mazkur anjumanning yuqori saviyada taşkil etilgani, qabul qiluvçi tomonning mehmonlarni qabul qiliş va tadbir ötkazişdagi yuksak mahorati hamda mas’uliyatini alohida e’tirof etdi.

Öz navbatida, Oliy Majlis Senati raisi T. Norboyeva mazkur assambleyada MDH davlatlari parlament delegatsiyalarining faol iştiroki, ularning qabul qilingan hujjatlarga qöşgan hissasi hamda ilgari surgan takliflari muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. Şuningdek, kelgusida ham bunday yirik xalqaro anjumanlarni ötkazişda hamkorlik qilişga doimo tayyor ekanini alohida ta’kidladi.
Şundan söng kun tartibidagi masalalar körib çiqildi.

Iştirokçilar MDH PA xalqaro kuzatuvçilarining Belarus prezidenti saylovi va Tojikiston parlament saylovi monitoringi natijalariga e’tibor qaratdilar.
Xususan, MDH PA missiyasi koordinatori, Oliy Majlis Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarşi kuraşiş qömitasi raisi A.Eşmurodov 2025 yil 2 mart kuni Tojikiston parlamentiga bölib ötgan saylovni kuzatiş natijalari töğrisida ma’lumot berib ötdi.

Şuningdek, kengaş majlisida MDH Parlamentlararo assambleyasining 2024 yildagi faoliyati sarhisob qilinib, kelgusida ötkazilişi rejalaştirilayotgan xalqaro sammitlarga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.












