Varshava universitetida o‘zbek tilini o‘qitish tizimi joriy etiladi
Polsha vakillari o‘zbek tilini o‘qitishni universitet ta’lim tizimiga joriy etish taklifini ilgari surdi.

Foto: "Dunyo" AA
O‘zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan Varshava universitetida Samarqand shahrida o‘tkaziladigan YuNeSKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Uchrashuv davomida, shuningdek, O‘zbekiston va Polsha o‘rtasidagi ta’lim va madaniyat sohalaridagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Akademik aloqalarni kengaytirish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, ilmiy markazlar o‘rtasidagi hamkorlik imkoniyatlari xususida fikr almashildi.
Varshava universiteti Sharqshunoslik fakulteti vakillari O‘zbekiston tomoni bilan o‘zaro tashriflarni tashkil etishga qiziqish bildirdi. Polsha vakillari, shuningdek, o‘zbek tilini o‘qitishni universitet ta’lim tizimiga joriy etish taklifini ilgari surdi.
Muzokaralar yakunida shu yilning 23-24 aprel kunlari Polshada bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston-Polsha rektorlari forumi doirasida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti bilan anglashuv memorandumini imzolash, o‘zbek tilini ta’lim tizimiga joriy etish va bu jarayonda malakali o‘zbek tili o‘qituvchilarini jalb qilish hamda Erasmus+ dasturi doirasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish to‘g‘risida kelishib olindi.
Mavzuga oid

10:46 / 12.05.2025
Tusk: Varshava savdo markazidagi yong‘in - Rossiya maxsus xizmatlari buyurtmasi natijasi

12:44 / 08.05.2025
Misrda o‘zbek tili grammatikasini o‘rganish bo‘yicha darslik yaratildi

18:01 / 23.04.2025
Ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan sinf bitiruvchilari ham davlat tilidan imtihon topshiradi

17:06 / 17.04.2025