Maktabgaça va maktab ta’limi vaziri buyruği bilan umumiy örta ta’lim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi ötkaziş tartibi belgilandi.

Unga köra, umumiy örta ta’lim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi ötkaziladigan fanlar röyxati va imtihon ötkaziş şakllari, umumta’lim fanlari hamda xorijiy tillarni biliş darajasini baholovçi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar röyxati tasdiqlandi.

Jumladan, 9-sinf öquvçilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:

- Ona tili va adabiyoti fanidan (ta’lim özbek tilida olib boriladigan sinflar uçun) – yozma;

- Davlat tilidan (ta’lim tili özbek tili bölmagan sinflar uçun) – yozma;

- Matematika fanidan – yozma;

- Özbekiston tarixi fanidan – yozma/oğzaki;

- Jismoniy tarbiya fanidan – amaliy şaklda ötkaziladi.

11-sinf öquvçilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:

- Ona tili va adabiyoti fanidan (ta’lim özbek tilida olib boriladigan sinflar uçun) – yozma;

- Davlat tilidan (ta’lim tili özbek tili bölmagan sinflar uçun) – yozma;

- Matematika (asosiy) / Matematika (çuqurlaştirilgan) fanidan – yozma;

- Tarix fanidan – yozma;

Öquvçining tanlovi böyiça:

- Ona tili va adabiyoti (qoraqalpoq, rus, qozoq, turkman, tojik, qirğiz tilida ta’lim bölgan sinflar uçun), Biologiya, Fizika, Kimyo, Davlat huquq asoslari, Geografiya fanlaridan – yozma;

- Çet tili fanidan yozma/oğzaki şaklda ötkaziladi.

2025 yilidan boşlab ta’lim özbek tilida olib borilmaydigan umumiy örta ta’lim muassasalarining 11-sinf bitiruvçilari uçun ham Davlat tilidan yakuniy nazorat imtihonlarini topşiriş majburiy böladi.