Şveytsariyada yaşab kelayotgan özbekistonlik tadqiqotçi Zarif Ibragimov Kun.uz bilan suhbatda mamlakatda avtomobil, poyezd yöllari atrofida daraxtlar, ösimliklar bölişiga e’tibor qaratilişi, hatto infratuzilma özgartirilayotganda, yangilayotganda ham yaşillikka zarar yetkazilmasligi, bitta daraxtni kesiş uçun qator jarayonlar amalga oşirilişi kerakligi haqida gapirib berdi.

Insoniyatning kundan kunga ortib borayotgan ehtiyojlari sabab köplab ne’matlarning yöqlikka yuz tutayotgani, afsuski, haqiqat. Daraxtlar, örmonlar kamayib, atrof-muhit çöllaşyapti, zavod, fabrika gazlari esa global havo isişi, havo ifloslanişiga olib kelmoqda. 

Bizni örab turgan va qaysidir ma’noda himoya qilayotgan yaşillik yöqolib, uning örnini böşliq egallayapti. Xöş, nima qiliş kerak? Bu jarayondagi asosiy masalalardan biri odamlarning ekologiya, tabiat bilan töğri muomala qilişidir. Ekologik madaniyat şakllanmas, jamiyatning özi tiriklikni saqlab qolişga intilmas ekan, natijaga erişiş murakkabligiça qolaveradi. 

Şveytsariyada yaşab, Bern universitetida ilm bilan şuğullanayotgan Zarif Ibragimov Kun.uzʼga bergan intervyusida dunyodagi eng toza va çiroyli davlatlaridan birida aholining atrof-muhitga munosabati, bu borada bolalarga qanday ta’lim berilişi haqida gapirib berdi.

– Zarif aka, ança yillardan beri xorijda yaşab, ilm bilan şuğullanib kelyapsiz. Dastlab suhbatning asosiy qismiga ötişdan oldin, Özbekistonda atrof-muhitga bölgan munosabatni qanday baholaysiz? Daraxtlar kesilib, boğlar örni biznes markazlariga aylantirilayotganiga fikringiz qanday?

– Sönggi vaqtlarda uzoqda bölsak ham OAV orqali Özbekiston içida bölayotgan muhokama va voqealardan, ayniqsa, ekologiya masalasidan xabardormiz. Jamiyat yoki tegişli taşkilotlar orasida aholining atrof-muhitga bölgan munosabati borasida şaxsiy fikrimni bildiradigan bölsam, yuqoridan qandaydir buyruq yoki taşviqot işlari, qandaydir kampaniya qilinişi kerak bölsa, aksariyat hollarda xuddi dovruq uçun qilinayotgandek tuyiladi. Çunki aynan yuqoridan kelgan buyruqlardan söng qilinadigan taşviqot işlariga duç kelib qolamiz, yangiliklarni öqib qolamiz. Lekin undan keyin bu taşviqotlar öz holiga taşlab qöyilgandek tuyiladi, şuni befarqliklardan biri deb hisoblayman.

Ikkinçidan, har qanday ekologiyaga ta’siri bor bir yangilik bölsa, buni soha mutaxassislari bilan maslahatlaşib, eng asosiysi uzoq muddatli rejalar qilinişini körmaymiz. Men bu sohaning mutaxassisi emasman, lekin şaxsiy fikrim şundaki, masalan, hozir Botanika boği masalasida muhokamalar ketyapti, bundan 5-6 yil oldin Samarqand şahrida ham universitetning katta yoşli daraxtlarga ega xiyoboni bor. Şu xiyobon borasida muhokama ketganda ham uzoq muddatli rejalar qilinişi kerakligi öz-özidan ayon bölib qoldi. Mana şunday rejalar jamoatçilik muhokamasiga yuborilganda uzoqni öylamagan holda, bir tomonlari inobatga olinmagan holda tuzilgan degan xulosaga borib qolamiz. Umumiy aytganda, qisqa vaqtli yeçim qilinayotgani körinib qoladi. Bir narsani tuşunişimiz kerak, bu kabi narsalar şaharsozlikning ham, infratuzilmaning ham eng ajralmas qismidan biri hisoblanadi.