Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Yetakchilar doirasida kelishilgan ish albatta oxiriga yetkaziladi” – Xitoy elchisi O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy temiryo‘li haqida
Xitoy bu obektga jiddiy qaraydi. Bizda yetakchilar doirasida allaqachon kelishilgan ish albatta muvaffaqiyatli ravishda oxiriga yetkaziladi, dedi Xitoyning O‘zbekistondagi elchisi Yuy Szyun. Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy hamma tomonlar uchun manfaatli bo‘lgan ushbu loyihadan voz kechmaydi.
27 oktabr kuni Toshkentda Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan brifing tashkil qilindi. Tadbir doirasida Xitoy elchisi Yuy Szyun OAV vakillari savollariga javoban O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy temiryo‘li loyihasiga to‘xtalib o‘tdi.
“Xitoy bu obektga jiddiy qaraydi. Aynan Tsiandagi sammitda loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari yakunlanayotgani ta’kidlangan edi. Bizning amaliyotga ko‘ra, yetakchilar doirasida allaqachon kelishilgan ish albatta oxiriga yetkaziladi. Muvaffaqiyatli ravishda.
Hozirgi kunda 3 ta tomon doimiy va tezkor ravishda kelgusi qadamlar borasida kelishuv qilmoqda. Bu yerda 500 kmdan uzunroq temiryo‘l va kichik bo‘lmagan summa haqida gap ketmoqda. Kelishuv bo‘lishi kerak. Voz kechmaymiz, chunki bu albatta, bu loyiha Xitoy, O‘zbekiston va Qirg‘iziston manfaatlari uchun… [xizmat qiladi]”, — deya Xitoy diplomati so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
“Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temiryo‘li loyihasi boshlanishi 2000 yillarga boshiga to‘g‘ri keladi. U Xitoy va O‘zbekiston temiryo‘llarini Qirg‘iziston orqali bog‘lash, so‘ngra ularni “Yangi Ipak yo‘li” transport tizimining bir qismi sifatida Turkmaniston, Eron va Turkiya orqali Yevropa temiryo‘llari tarmog‘i bilan bog‘lashni maqsad qilgan edi.
Uzoq yillar tanaffusda turgan loyiha oxirgi 2-3 yilda davlat rahbarlari darajasida tilga olinib, ishlar qayta jonlangani ta’kidlandi. Lekin shu yil sentabr oyi oxirida asosiy sarmoyador Xitoy uchun ustuvorligini yo‘qotgani va moliyaviy muammolar tufayli Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘l liniyasi qurilishi noma’lum muddatga qoldirilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Bundan tashqari, Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘l loyihasi Rossiya va Qozog‘iston manfaatlariga to‘g‘ri kelmasligi nuqtai nazaridan, loyihaga siyosiy sabablar to‘sqinlik qilayotgan bo‘lishi ham mumkin.
O‘zbekiston tomoniga ko‘ra, loyiha qiymati 5–7 mlrd dollar atrofida, qurilajak temiryo‘lda yiliga 8-10 mln tonna yuk tashilishi mo‘ljallangan.
Mavzuga oid
11:55 / 04.06.2026
Chipta yetishmovchiligi va vagonlardagi sanitar holat – transport vaziri temiryo‘ldagi muammolar haqida
08:17 / 03.06.2026
Dunyoning eng gavjum temiryo‘l vokzallari reytingi e’lon qilindi
00:04 / 24.05.2026
Hayraton–Mozori Sharif temiryo‘l liniyasining rekonstruksiya qilingan bekati ish boshladi
22:35 / 17.05.2026