Vladimir Putin Rossiya Jamoatçilik palatasi a’zolari va mintaqaviy jamoat palatalari raislari bilan uçraşdi va dunyodagi sönggi voqealar töğrisida öz fikrlari bilan örtoqlaşdi. Meduza uning nutqidan qisqa iqtiboslar keltirdi.

Aleksandr Nevskiy Ördaga borgan, Ğarbning bosqiniga samarali qarşilik körsatiş uçun Örda xonlariga ta’zim qilgan. Çunki Örda özini beadab tutgan bölsa-da, tilimizga, urf-odatlarimizga, madaniyatimizga tegmagan. Ğarb bosqinçilari esa da’vo qilgan. Aynan şu tanlovi uçun biz Nevskiyni avliyo sifatida hurmat qilamiz.

Rossiya imperiyasi tarkibida Ukraina yöq edi. Sovet davrida Ukraina asosan rus yerlari hisobiga şakllantirildi, ammo oxir-oqibat ular rus xalqi tub aholi emasligini e’lon qilişdi. Bu öta noqonuniy. Parallel ravişda ular Donbassda ruslarni yöq qilişni boşladilar.

Agar biz qardoş Ukraina bilan normal munosabatlarga ega bölganimizda, Qrim bilan boğliq harakatlarni heç kim öylamas edi. Ammo odamlarni bu faşist gazandalaridan himoya qiliş kerak edi. Keyinçalik Donbass va Novorossiyada ham xuddi şunday böldi.

Uşbu hududlarning Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirişi silliq, tabiiy bölişi va odamlar natijalarni imkon qadar tezroq his qilişi uçun hamma narsani bajarişimiz kerak. Yangi hududlar biz uçun yangi emas, ular bizning tarixiy hududlarimiz. Rossiyaning maxsus operatsiyani boşlaşdan özga iloji yöq edi. Maxsus operatsiya boşlanganida Rossiya allaqaçon hujumga uçragan va bunga javoban avtomatlarni qölga olişga töğri keldi.

Ukrainadagidek korrupsiya darajasi heç qayerda yöq. Ukrainada hamma narsa sotib olinadi va sotiladi. Aytişlariça, Yaqin Şarqda Ukraina qurollari paydo bölmoqda. Albatta paydo böladi, çunki sotilmoqda. «Tolibon»ga ham sotişmoqda. Amerikaliklar Ukraina korrupsiyasini yenga olmayapti, çunki korrupsiya u yerda amalda qonuniylaştirilgan. Qöşma Ştatlar u yerda elitani özgartirişni rejalaştirgan edi, ammo heç narsaga erişa olmadilar.

Mahaçqal’a voqealariga kelsak. Bu biz Rossiya qonunlariga muvofiq e’tibor berişimiz va javob berişimiz kerak bölgan voqealardir. Va biz buni qilamiz. Ğazodagi dahşatlar fonida uçqun çiqariş oson [antisemit qirğinini qözğatiş uçun]. Qiynalayotgan bolalarga qarasangiz, muştingiz tugiladi. Bu har qanday oddiy odamning reaksiyasi. Agar şunday bölmasa, demak bu toşbağir odam. Şu bilan birga, biz bu voqealarni aql bilan idrok etişimiz, yovuzlik ildizi qayerda ekanini tuşunişimiz kerak. Va bu [tartibsizliklarga çaqiriqlar] çet elda, şu jumladan Ukrainada yaşovçi odamlar tomonidan qilingan.

Şu munosabat bilan, men xorijdagi arboblarning pozitsiyasidan hayratda qoldim: ular Isroil yahudiylarini qöllab-quvvatlamoqda va ularning Ukrainadagi agentlari yordamida mamlakatimizda yahudiy qirğinini uyuştirişga harakat qilmoqda. Ajablanarli darajada jirkanç. Aql bovar qilmaydi. Ular öz manfaatlarini közlaydi. Bunda manfaat — Rossiyaga qarşi kuraşiş va mamlakatni içkaridan larzaga keltiriş.