Bu o‘zi qanday sammit?

COP konferensiyasi (Conference of the Parties) "Tomonlar konferensiyasi" degan ma’no anglatadi. Davlatlar 1992 yilda o‘zlari imzolagan BMT iqlim kelishuvining tomonlari hisoblanadi.

COP sammiti BMT tomonidan o‘tkazib kelinadi. Bu safargisi hisob bo‘yicha 28-sammit. O‘tgan yilgi COP27 sammiti Misr davlatida o‘tkazilgan, unda dunyo davlatlari qatnashib, iqlim muammolarini muhokama qilishgan.

Bu galgi sammit nega aynan Dubayda o‘tyapti?

COP28 sammiti 30 noyabrdan 12 dekabrgacha Dubay shahrida bo‘lib o‘tadi.

Birlashgan Arab Amirligi neft qazib oluvchi top-10 davlatdan biri hisoblanadi. Mamlakat COP28 muzokaralari prezidenti etib davlatga tegishli neft kompaniyasining ijrochi direktori Sulton al-Jabrni tayinladi.

– Sulton al-Jabr

Neft xuddi gaz va ko‘mir kabi iqlim o‘zgarishlariga asosiy ta’sir omillaridan biri hisoblanadi. Ular yoqilganda atmosferaga karbonad angidrid ko‘tarilib, sayyorani isituvchi issiqxona gazlari paydo bo‘ladi.

Biroq Al-Jabr rahbarlik qilayotgan neft kompaniyasi ishlab chiqarishni kengaytirishni reja qilgan. Uning muzokaralarga rahbarlik qilishi "saraton kasalligini davolashga bag‘ishlangan konferensiyaga rahbarlikni sigaret ishlab chiqaruvchi kompaniya direktoriga topshirib qo‘yishdek gap" deb qiyoslanmoqda.

Bu konferensiya nima uchun muhim?

COP28 konferensiyasi havoning o‘rtacha harorati sanoatlashtirishdan oldingi davrdagidan 1,5 darajadan ortiq isib ketmasligi haqidagi uzoq muddatli maqsadni "tirik" ushlab turish uchun muhim. Bunga 2015 yilda 200 ta davlat Parijda kelishib olgan.

-