Samarqandda bölib ötayotgan «Özbekiston madaniy merosi – yangi Renessans davri poydevori» xalqaro kongressida prodyuser va rejissyor Timur Bekmambetov Xöja Nasriddin haqidagi loyihasini taqdim etdi.
Bekmambetov sözlariga köra, Xöja Nasriddin haqidagi loyiha köp formatli. Gap birinçi navbatda töliq metrajli animatsion filmini yaratiş haqida ketmoqda. Quvnoq faylasuf haqida animatsion serial va kompyuter öyini ham rejalaştirilgan.
Qayd etilişiça, «Xöja Nasriddin» multfilmi Unreal Engine 5 dvigatelida yaratilgan birinçi animatsion loyiha böladi.
Loyiha Bazelevs studiyasi va Firdavs Abduxoliqov rahbarligidagi Özbekiston Kinematografiya agentligi tomonidan amalga oşirilmoqda.
Multfilm yaratiş ustida Timur Bekmambetovning Özbekistondagi, Rossiyaning Almetevsk va Turkiyaning Anqaradagi animatsion studiyalari işlayapti.
Bekmambetov ta’kidlaganidek, Xöja Nasriddin haqidagi loyihani nafaqat donişmand özining sevimli qahramonlaridan biri bölgani uçun, balki bunday körsatmalarni ustozi Rezo Gabriadze bergani uçun ham amalga oşirmoqda.












