16 noyabr kuni Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga a’zo bölişi böyiça işçi guruhning bir yil içida ikkinçi yiğilişi bölib ötdi. Tafsilotlar – taşkilotning Jyenevadagi boş ştab-kvartirasidan Kun.uz muxbiri tayyorlagan reportajda.

Işçi guruh yiğilişidan oldingi kunlarda Özbekiston Turkiya, Möğuliston va Saudiya Arabistoni bilan Jahon savdo taşkilotiga qöşiliş böyiça muzokaralarni yakunlab, tegişli bayonnomalarni imzoladi.

Bu bilan, a’zolik jarayonida yakuniy kelişuvga erişilgan davlatlar soni beştaga yetdi: avvalroq Gruziya va Nigeriya bilan ham imzolangan. Yaqin vaqt içida Yaponiya, Şri-Lanka va Moldova bilan muzokaralarni rasman yakunlaş reja qilingan.

Umuman, 30 dan ortiq mamlakat Özbekiston bilan JSTga kirişi borasida ikki tomonlama muzokara ötkaziş istagini bildirgan.

Jyenevaga taşrif buyurgan Özbekiston delegatsiyasiga boş vazir örinbosari, JST bilan işlaş böyiça idoralararo komissiya raisi Jamşid Xöjayev rahbarlik qildi. U taşrifi davomida Jahon savdo taşkiloti boş direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uçraşuv ötkazdi. Taşkilot rahbari uçraşuvdan keyin bergan qisqaça izohida rasmiy Toşkentning a’zolik jarayonini tezlaştirişni qöllab-quvvatlaşini aytib ötdi.

Özbekiston Jahon savdo taşkilotiga a’zo böliş uçun arizani 1994 yilda bergan, lekin 2005 yildan keyin a’zolik jarayoni töxtab qolgan. Oradan 15 yil ötib, 2020 yilda işçi guruh öz faoliyatini qayta tikladi. Işçi guruhning 16 noyabr kuni bölib ötgan 7-yiğilişida Özbekiston tomoni öz zimmasiga majburiyatlar oliş yuzasidan şu yil yozda taqdim etilgan 10 ta hujjat loyihasiga qöşimça ravişda, majburiyatlar töğrisida yana 19 ta loyihani taqdim etdi.

Jamşid Xöjayev, boş vazir örinbosari, JST bilan işlaş böyiça idoralararo komissiya raisi

“Sizni işontirib aytamanki, muzokaralarimizning keyingi bosqiçi a’zolik jarayonini çuqurlaştirişga va Jahon savdo taşkiloti talablari böyiça kelişuvlarga erişişimizga zamin yaratadi”, dedi Jamşid Xöjayev işçi guruh yiğilişi boşidagi nutqida.