O‘zbekistonda ayollarga 14 o‘rindiqdan ortiq bo‘lgan avtobuslarni boshqarish bo‘yicha taqiq bekor qilinadi
Ayollarga avtobus haydovchisi sifatida ishlash uchun huquqiy asos yaratish rejalashtirilmoqda.

Foto: Kun.uz
Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Loyihadan ko‘zlanayotgan asosiy maqsad ayollarga avtotransport sohasidagi kasblarda mehnat faoliyatlarini olib borish uchun sharoitlar yaratib berish, xususan, 14 o‘rindiqdan ortiq bo‘lgan avtobuslarni boshqarish bo‘yicha amaldagi taqiqni bekor qilish, avtobuslarni haydovchi sifatida boshqarish uchun ayollarni jalb qilishdan iborat.
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 maydagi 408-son qarori:
a) 2-ilovasi bilan tasdiqlangan nizomning 27-bandiga ko‘ra, “C” yoki “D” toifalariga oid avtotransport vositalarini boshqarish uchun ayollarga yuk avtomobillarini yoki avtobuslarni boshqarish Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi tomonidan belgilangan muayyan cheklashlar (avtomobillarning yuk ko‘tarishi 2,5 t dan, avtobusda yo‘lovchilarning soni 14 kishidan oshmasligi kerak) asosida ruxsat etiladi;
b) 3-ilovasi bilan tasdiqlangan nizomning 5-bandiga ko‘ra, ayollarni “BC” va “D” toifalariga tayyorlashni tashkil qilishda yuk avtomobillarining yuk ko‘tarishi 2,5 t dan va avtobuslarning yo‘lovchilar tashish uchun ruxsat etilgan soni 14 kishidan oshmasligi kerak.
Ya’ni, mazkur normalarga muvofiq ayollar faqatgina yo‘lovchilarning soni 14 kishidan oshmaydigan avtobusni haydovchi sifatida boshqarishi mumkin. Mazkur normalar transport sohasida gender tenglikni ta’minlash va katta sig‘imli avtobuslarni (elektrobus) boshqarishda ayollarni jalb etishga imkoniyat bermaydi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda yo‘lovchi tashish uchun jalb qilinayotgan avtobuslar va elektrobuslar o‘zining zamonaviyligi va boshqarishda qulayligi bilan ajralib turadi. Gidravlikalik boshqarish (rul) xususiyatlari esa transport vositasini boshqarishda ayollarga ortiqcha qiyinchiliklar va jismoniy zo‘riqishlar tug‘dirmaydi.
Yuqorida qayd etilgan cheklovlar Senat tomonidan xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlash prinsiplariga muvofiq bo‘lmagan norma ekani qayd etilgan. Loyiha bilan yuqoridagi normalar chiqarib tashlanmoqda.
Qaror loyihasi qabul qilinishi natijasida ayollarga avtobus haydovchisi sifatida mehnat faoliyatini olib borish uchun huquqiy asos yaratiladi, jamoat transport xizmatlari sifati va xavfsizlik darajasi ortadi.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp tariflar bilan bog‘liq muvaffaqiyatsizlikda yordamchilarini aybladi – OAV
Jahon | 23:51 / 12.04.2025
-
Tramp Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni bir yilga uzaytirdi
Jahon | 22:54 / 12.04.2025
-
Dunyodagi eng tez fuqarolik samolyoti uchishga tayyor
Jahon | 21:42 / 12.04.2025
-
Piskentdagi avtomobil sinovining videosi tarqaldi. Mas’ullar “noto‘g‘ri talqin” bo‘layotganini aytmoqda
O‘zbekiston | 21:25 / 12.04.2025
Mavzuga oid

08:56 / 02.04.2025
Toshkentda ayrim avtobus yo‘nalishlari harakati o‘zgaradi

23:43 / 27.03.2025
Toshkentda ayrim avtobus yo‘nalishlariga o‘zgartirish kiritildi

09:10 / 23.03.2025
Toshkentda turistlar avtobusi tutab ketdi

23:41 / 20.03.2025