Qora kömirdagi “qora işlar”

Keyingi paytlarda kömir öğrilariga qarşi katta “ov” boşlandi. Aholiga imtiyozli narxlarda sotilişi közda tutilgan kömir mahsulotlarini talon-toroj qiliş holatlari kunora foş etilmoqda.

Masalan, oxirgi 10 kunda Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm va Navoiy viloyatlarida 1,2 ming tonnadan ortiq, Toşkent viloyatida 800 tonna, Andijonda 3 ming tonna, Namangan va Farğona viloyatlarida qariyb 2 ming tonna, Qörğontepa va Peşko‘ tumanlarida 2,5 ming tonnadan ortiq, Şarof Raşidov, Foriş va Farğona tumanlarida qariyb 4 ming tonna aholiga ajratilgan kömir talon-toroj qilingani aniqlangan.

Ammo kömir bozoridagi bu qora işlar – “çömiçga çiqqani” xolos. “Qozon boşida” bundan ham kattaroq “öyinlar” bölmoqda.

Angrendagi “kömir mafiyasi”

Kun.uz'ga Angrenda kömirni kondan ğayriqonuniy tarzda olib çiqib, fuqarolar va tadbirkorlarga ulgurji sotişni yölga qöygan şaxsning firibgarligi haqida murojaat kelib tuşdi. Unda aytilişiça, bu şaxs göyoki Angren kömir koni ularning qölida ekanini, kömir oldi-sotdisi faqatgina ular orqali amalga oşirilişini, nazorat qiliş uçun investorlar uni şu yerga qöyib qöyganini aytib, köplab fuqarolarning katta miqdordagi pullarini özlaştirgan.

Jumladan, 2022 yilning 7 sentabr kuni ulgurji narxda kömir olib sotişni reja qilgan fuqaroning işonçiga kirib, kömir çiqarib berişni va’da qilgan holda uning 130 mln söm pulini özlaştirgan.

Xuddi şu kabi, kömir çiqarib berişini aytgan holda bir fuqarodan 200 mln söm, boşqa bir fuqarodan 50 ming dollar, yana bir fuqarodan esa 87 ming dollar miqdoridagi pullarni özining şerigi orqali olgan.