Andijon viloyatida mansabdorlar kuz-qiş mavsumida aholiga imtiyozli narxda tarqatişga möljallangan 3 ming tonnadan ortiq kömirni talon-toroj qilgani aniqlandi. Bu haqda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Kömir ta’minot» MÇJning Andijon tuman kömir ombor mudiri Ş. B. 362,3 mln sömlik 1220 tonna, Buloqboşi tuman kömir ombor mudiri S.N. 178,3 mln sömlik 445,5 tonna hamda Jalaquduq tuman kömir ombor mudiri Y.Yu. 421,7 mln sömlik 1419 tonna kömirni fuqarolar olgani töğrisida soxta ma’lumotlar tayyorlagan. Söngra ularni sotib, talon-toroj qilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan ombor mudirlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (Özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) 3-qismi «a «bandi va boşqa moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilgan.

Ular Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida uşlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda, deyiladi xabarda.