Boş prokuratura huzuridagi departamentning Piskent tuman bölimi tomonidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilgan.
Mahkama xabariga köra, unda "Kömir ta’minot" MÇJning Toşkent viloyati filiali rahbari S.I., ombori mudiri F.X. va boşqalar 2023-2024 yilgi kuz-qiş mavsumida aholi ehtiyoji uçun imtiyozli narxda sotiş uçun ajratilgan 794,2 tonna kömirni Pskent tumani aholisiga yetkazib bermasdan, qalbaki yuk xatlarini rasmiylaştiriş orqali talon-toroj qilgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) va 228-moddasi (hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.













