Boş prokuratura xabariga köra, tarqatilayotgan kömirning aholiga yetib borişi yuzasidan prokuratura organlari tomonidan ötkazilayotgan nazorat tadbirlarining birida “Kömir ta’minot” MÇJning Namangan viloyat filiali tasarrufidagi Uçqörğon tumani kömir ombor mudiri U.N. kuz-qiş mavsumida aholiga imtiyozli narxda tarqatişga möljallangan 623,7 tonna kömirlarni talon-toroj qilgani aniqlangan.

Farğonadagi holatda “Kömir ta’minot” MÇJning Farğona viloyati filiali tasarrufidagi Buvayda tuman kömir ombor mudiri A.I. kuz-qiş mavsumida aholiga imtiyozli narxda tarqatişga möljallangan 413,8 million sömlik 1364,3 tonna kömirlarni göyoki fuqarolar olgani töğrisida soxta ma’lumotlar tayyorlab, kömirni naqd pulga sotib, şaxsiy manfaatlari yölida talon-toroj qilgan.

Har ikki holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, ombor mudirlari protsessual tartibda uşlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.