Boş prokuratura huzuridagi departament xabariga köra, mahkamaning Urganç tuman bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda “Kömir ta’minot” MÇJning Urganç kömir ombori mudiri M.N. va boşqalar aholiga imtiyozli narxda kömir yetkazib berilgani töğrisida soxta hujjatlarni rasmiylaştirib, 678,5 tonna kömirni özlaştiriş yöli bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Departamentning Nukus şahri, Törtköl, Amudaryo va Qönğirot tumanlari bölimlari tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvlarda esa “Kömir ta’minot” MÇJning yuqoridagi şahar va tuman omborxonasi mas’ul şaxslari aholiga imtiyozli narxlarda sotiş uçun ajratilgan jami 435,5 tonna kömirni özlaştiriş yöli bilan talon-toroj qilgani ma’lum bölgan. 

Şu kabi, departamentning Navoiy viloyat boşqarmasi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda “Kömir ta’minot” MÇJning Qiziltepa kömir ombori mas’ul şaxslari 156,3 tonna kömirni özlaştiriş yöli bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (Özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) va 228-moddasi (hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.