Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ko‘mir qazib olish hajmi oshdi: 10 oylik ko‘rsatkich e’lon qilindi
Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–oktyabr oylarida O‘zbekistonda ko‘mir, gaz va neft qazib olish hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan oshgan. Shu bilan birga, neft-gaz va mashinasozlik tarmoqlarida ham qator asosiy mahsulotlar ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarida o‘sish qayd etildi.
Foto: Kun.uz
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 10 oyida mamlakatda 6,5 mln tonna ko‘mir qazib olingan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,2 mln tonnaga ko‘pdir.
Shu bilan birga, ayrim turdagi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi quyidagicha qayd etilgan:
- avtomobil benzini – 974,7 ming tonna;
- dizel yonilg‘isi – 978,1 ming tonna;
- neft – 547,3 ming tonna;
- tabiiy gaz – 35,5 mlrd kub metr;
- gaz kondensati – 930,9 ming tonna;
- avtomobil dvigatellari – 200 679 dona;
- yuk avtomobillari – 3 573 dona;
- yengil avtomobillar – 370 000 dona.
Ko‘mir, gaz va neft qazib olish, shuningdek, neft-gaz mahsulotlari hamda avtomobil sanoatida ishlab chiqarish hajmining oshgani sanoat tarmoqlarida faollik saqlanayotganidan dalolat bermoqda.
Mavzuga oid
14:40 / 21.03.2026
Ikki oyda 1 mlndan ziyod o‘zbekistonliklar chet elga safar qildi
10:46 / 21.03.2026
O‘zbekistonda moliyaviy xizmatlar hajmi 20 foizga oshdi
11:22 / 20.03.2026
Chet el sayohatiga chiqayotgan o‘zbekistonliklar soni o‘sishi sekinlashdi
08:57 / 20.03.2026