Özbekistonda ta’limga bölgan talab unçalik yuqori emas, çunki inson kapitaliga bölgan investitsiyalarning bozordagi qiymati baland emas. Lekin iqtisodiy ösiş boşlansa, malakali kadrlarga talab oşadi, bu ularning daromadi keskin oşişiga olib keladi. Asta sekinlik bilan ta’limi bor va yöqlarning orasida katta farq kuzatiladi, şu farq esa  ta’limga investitsiya qilişga sababçilardan biri böladi, deydi iqtisodçi Behzod Hoşimovning Kun.uz’ga bergan intervyusida.

Insonlarning bilimli bölişi, buning ortidan jamiyatning ham ongi yuksalişi har davr uçun öta dolzarb va muhim masala bölib kelgan. Çunki mamlakat rivojlanişi bir qadar undagi ta’lim tizimining yölga qöyilganiga boğliq. Ammo jarayonda boşqa omillar, misol uçun, davlatning iqtisodiy taraqqiyoti birlamçi hisoblanişi, ta’lim şundagina yaxşilanişi haqida ham fikrlar bildiriladi.

Xöş, ta’lim va iqtisodiyot bir-biriga qançalik boğliq? Birinçi navbatda, bulardan qaysi birining ösişi muhim? Kun.uz  ayni mavzuni muhokama qiliş uçun iqtisodçi, AQŞning Viskonsin universitetidan falsafa doktori (PhD) Behzod Hoşimov bilan suhbatlaşdi.

– Behzod aka, yaqinda “Manipulyativ diktatorlar” kitobining mualliflaridan biri Sergey bilan qilgan intervyungizda bir fikr ilgari surilgan ekan, ya’ni “ta’lim körgan, bilimli insonlar sinfining kengayişi sabab manipulyativ diktatorlarning ham hokimiyatini saqlab qolişi murakkablaşadi. Iqtisodiy ösişning bazasi asli ta’lim körganlar sinfi hisoblanadi”.

Men dastlab intervyuni şundan boşlamoqçiman, ya’ni rivojlanişda bulardan qaysi birining taraqqiyoti muhim, ta’limmi yoki iqtisodiyot? Bu ikkisi bir-biriga qançalik boğliq?

– Savol uçun katta rahmat. Bir-ikkita narsani aytib ötmoqçi edim. Birinçisi, Treysman va Göriyevning hammuallifligidagi kitobi, umuman demokratiyalar haqida gap ketadigan bölsa, ta’lim deganda spetsifik narsani tuşunişadi. Birinçisi bu – oliy ta’lim, oliy ta’lim deganda ham nihoyatda keng qamrovli ta’lim haqida gap ketyapti. Ya’ni insonlar ijtimoiy fanlardan xabardor, erkinlik ğoyalari haqida eşitişgan [şunday odamlar haqida gapirilsa], ularni manipulyatsiya qiliş nisbatan qiyinroqligi haqidagi gap edi.

Söragan savolingizga javob beradigan bölsak, oldin iqtisodiy rivojlanişmi yoki ta’lim, yo ta’lim rivojlanişi yoki iqtisodmi deganingizda, bularni bir-biridan ajratiş qiyinroq. Odatda iqtisodiy rivojlaniş natijasida ta’limga bölgan talab oşib boradi va bu orqali ta’lim ham rivojlanadi. Bu ikki narsa bir-birini rivojlantirib boradi. Buni qanday ma’noda tuşunsak böladi? Özbekistondek davlatni olsak, ta’limga bölgan talab unçalik katta emas, çunki inson kapitaliga bölgan investitsiyalarning bozordagi qiymati unçalik baland bölmasligi mumkin. Lekin iqtisodiy ösiş boşlansa, şu jarayonda malakali insonlarga talab oşadi, bunday toifadagi insonlarning köpayişi esa ularning daromadi keskin oşişiga olib keladi. Ya’ni ta’limi bor va yöqlarning orasida katta farq kuzatiladi, şu farq esa insonlarning ta’limga investitsiya qilişiga sababçilardan biri böladi. Şuning uçun iqtisodiy rivojlaniş kuzatilgan mamlakatlarda ta’limning sifati ham, qamrovi ham oşib boradi. Iqtisodiy rivojlanişsiz ta’limga investitsiya qiliş yoki uning ösişiga erişiş özidan özi qiyin. Ta’limga qilingan investitsiyalar qaysidir joylarda pullaştirişning iloji bölmasa, ya’ni masalan, bir xil mamlakatlar bor, özining bozori unça rivojlanmasa ham ulardagi kvalifikatsiyasi yuqori, malakasi yuqori bölgan insonlar çet el mehnat bozorlarida öz baxtlarini topişadi va şu sabab iqtisodiyoti rivojlanmagan bölsa ham, ularning ta’limi rivojlangan bölişi mumkin.

Ta’lim deganimizda umumiy ta’lim haqida gap ketyapti, bunda maktab va oliy ta’lim ham, boşqa ixtisoslaşgan ta’lim haqida ham gapiryapman. Ta’lim ham boşqa investitsiyalar singari rağbatlarga ega. Rağbatlar bölsa, insonlar ta’limga investitsiya qilişni öylaşadi. Mana şu qarorimizning asosiy ölçovlaridan biri şu investitsiyalarimizni pullaştirişning iloji bormi? Albatta, bu kelajakni öylab qilingan narsa. Bir xil vaqtda insonlarning qarori uzoq muddatni öylab qabul qilinmaydi. Umuman olganda, odamlarning ijtimoiy sohalarga investitsiya qilişi kelajakdagi kutilmalarga boğliq böladi, agarda mamlakatda şu kutilmalar yaxşi bölmasa, ta’limga investitsiyalar insonlar tomonidan kamroq bölişi mumkin. Öşa-öşa mamlakatda kelajakka nisbatan optimizm orsa, şu mamlakat rivojlanişiga yoki u yerdan ketişiga işonçi köproq bölsa, balki ular ta’limga investitsiya qiladi.

– Yaqinda Özbekistonda aholining iste’mol kayfiyati raqamlarda e’lon qilindi. Ya’ni fuqarolarning qançasi qaysi sohalarga qança miqdorda xarajat qilişi aytildi. Masalan, mana şu xarajatlarning eng katta miqdori ta’limga töğri kelgan. Bu borada nima deya olasiz?

– 2 ta sababga köra, bu yaxşi yangilik bölişi mumkin. Birinçidan, Özbekistonda ham ta’limni pullaş imkoniyati mavjud bölayotgani, ya’ni ta’lim olgan va olmagan insonlarning daromadlarida farqlar kuzatilişini boşlanişiga olib kelayotgan bölişi mumkin. Bazaviy ta’lim darajasining pastligidan ham yuzaga kelgan bölişi mumkin. Sababi, bilasiz, köp yillardan beri Özbekistonda oliy ta’lim qamrovi juda past bölgan va hozir oliy ta’limi mavjud insonlar Özbekistonda juda kam miqdorni taşkil etadi. Şuning uçun bozordagi qandaydir kvalifikatsiyaga ega bölgan insonlarga talab sal yuqori bölgani uçun ularning daromadlari ta’limi yöq odamlardan balandroq bölişi va şuning uçun ham hozir ta’lim olişga rağbat köpaygan bölişi mumkin.

Ikkinçi sababini Özbekiston oçilgani va insonlarning çet el bozorlariga çiqib ketiş imkoniyati yaratilgani bilan boğlaş mumkin. Özbekistonning ixtiyoriy şahrida yursangiz hamma yerda ingliz tili kurslari oçilyapti, u kurslarni bitirib borgan hamma odamlar ham çet elda işlaydi degani emas, lekin qançadir qismi inglizzabon bozorlarda özini sinab körişiga ham sabab bölişi mumkin. Şuning uçun [ta’limga bölgan xarajatlarning oşişini] iqtisodiy ösiş sabab emas, çet el bozorlarida öz kuçi va imkoniyatlarini sinab köriş oşgani sabab Özbekistonda ta’limga investitsiya qiliş jozibador köringan bölişi mumkin.

Daromad körişning qançadir qismidan söng insonlar ta’limni köngiloçar narsadek qabul qilişni boşlaşadi. Masalan, kimdir borib falsafa öqiydi, şunga Kant nima deganiga qiziqadi. Özbekistondek joylarda öz xohişi uçun nimadir qiliş nihoyatda qimmat, şuning uçun Özbekistondek, hatto AQŞdek mamlakatlarda ham qandaydir ma’noda ta’limning maqsadi bolalarga malaka va könikmalar beriş va şu könikmalarni yuqoriroq daromadga aylantirişdir. AQŞda umri davomida oliy ta’lim olgan insonlar bilan, oliy ta’lim olmagan insonlar ikki barobar köproq pul topadi, Rossiyada esa bu raqam 40 foiz köproq. Siz masalan, oliy ta’limga borganingizda talaba sifatida kam pul topasiz, sizning oliy ta’limga bormagan tanişingiz esa maktabni bitiriboq manfiy pul topişni boşlaydi. Keyinçalik ikkingiz topayotgan daromadlarni soliştirsangiz, oliy ta’lim olgan odamning daromadi köproq körinişi mumkin. Rivojlangan dunyoda daromad nuqtai nazaridan oliy ta’lim ança töğri investitsiya hisoblanadi va şuning uçun odamlar şuni qiladi.

– Özbekiston şaroitida budjet mablağlari hisobidan eng köp pul ajratiladigan sohalardan biri aynan ta’limdir. Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligiga har yili xarajatlari uçun yaxşigina summada mablağ beriladi, masalan, keyingi yil uçun 46,6 trln söm berilişi kutilmoqda. Uning eng katta qismi, ya’ni 80 foizga yaqini pedagoglar oyligiga sarflanadi.

Ammo gap şundaki, juda köp deyiladigan miqdor ham aslida köp emasdek va şu sabab ham ta’limning rivojlanişiga hissa qöşmayotgandek. Bu borada siz qanday fikrdasiz, aslida ta’limning rivojlanişi uçun qança mablağ yönaltirilişi kerak? Umuman ta’limda mablağlar taqsimotini qanday körasiz?

– Nisbiy raqamlar emas, absolyut raqamlarda ham fikrlasak böladi. Nisbiy raqamlarda olsak, Özbekistonda boşqa joylar kabi budjetimizning eng katta xarajat qismi, albatta, ta’lim. Lekin buning eng katta sababi Özbekiston kambağal mamlakat bölgani. Çunki agar siz aytgan summangizni öquvçi boşiga bölsangiz, ming dollar ham çiqmasligi mumkin. Nima demoqçiman, bizda budjetning eng katta qismi ta’limga sarflanadimi? Ha. Lekin söm miqdorida hisoblasangiz, bu unçalik katta raqamlar emas. Nima uçun degan savolga esa, bizda özi davlatda unça köp pul mavjud emas, şuning uçun ham ta’limga unça köp ajrata olişmaydi. Bir xonadonni olaylik, ular oyiga 2 mln söm işlab topadi va 95 foiz daromadini ovqatga sarflaydi. Şu xonadon budjetiga qarab juda köp ovqatlanarkan deyişingiz mumkin. Lekin qaysidir xonadon 200 mln söm oylik oladi deylik, u esa 10-5 foizini ovqatga işlatadi, bunga qarab ular kam ovqat yer ekan deyişingiz mumkin. Lekin dollar qismida ikkinçi xonadonniki köproq bölişi mumkin. Ya’ni xonadonning daromadidagi foizi muhim emas, eng muhimroq qismi absolyut qiymatda, ya’ni qança pul ta’limga yönaltirilayotganida.

Bizdan 6 barobar boyroq Qozoğistonda kişi boşiga foizida Özbekistondan 2 barobar kamroq ta’limga pul sarflaşsa, şunda ham 3 barobar köproq ta’limga xarajat qila olişadi. Özbekiston foizda Şveytsariyadan köproq pul “sarflayapti”, ammo tani puli kam bölgani uçun soliştiriş masalasi qiyin. Bizdan 10 barobar boy mamlakat budjet hisobida 2 barobar kamroq pul ketkazsa ham, dollarda kişi boşiga 5 barobar köproq pul yönaltira oladi. Ta’limga pul ketkazişimizning sabablaridan biri özi tagi puli kamligi ham.

Ya’ni ta’lim boşqa narsalar kabi pul turadi. Özbekistonda bu pul kam bölgani uçun uni qanday egovlamaylik, biz birinçi dunyo darajasidagi ta’limni, maktabga bera olmaymiz. Özbekistonda ta’limni Singapur va Qozoğiston darajasida berişga “qurbimiz yetmaydi”. Xarajatni taqsimlaşda juda ham çegaralar köp.

Intervyuning töliq şaklini yuqoridagi video orqali tomoşa qilişingiz mumkin.

Dilşoda Şomirzayeva suhbatlaşdi.
Tasvirçi Mirvohid Mirrahimov,
Montaj ustasi Muhiddin Qurbonov.