“2024 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Qonun loyihasiga ko‘ra, budjet daromadlari 270,3 trln so‘m, xarajatlari esa (budjetlararo transfertlarni inobatga olmagan holda) 279,6 trln so‘m miqdorida belgilangan. Taqchillik chegarasi –52,5 trln so‘m yoki YaIMga nisbatan 4 foiz.

2023 yilda olinadigan davlat tashqi qarzining cheklangan miqdori – 5 mlrd dollar. Shundan 2,5 milliardi davlat budjetini qo‘llab-quvvatlashga, 2,5 milliardi investitsiya loyihalariga yo‘naltiriladi. O‘zbekiston Respublikasi nomidan 25 trln so‘mlik davlat qimmatli qog‘ozlari chiqarilishi ko‘zda tutilmoqda.

2024 yilda yalpi ichki mahsulot 1 kvadrillion 301 trillion so‘mdan oshishi (1 301 759 trln so‘m) kutilmoqda. YaIM o‘sishi 2024 yilda 5,6-5,8 foiz, 2025 yilda 6,2 foiz, 2026 yilda 6,4 foiz bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Hujjatga ko‘ra, 2024 yilda inflatsiya darajasi 8-10 foiz atrofida shakllanishi mo‘ljal qilinmoqda.

2024 yilda birinchi darajali budjet taqsimlovchilariga respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lar (qavs ichida respublika budjetidan 2023 yilda ajratilgan mablag‘ ko‘rsatilgan):

1. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi — 46 trln 647 mlrd 414,5 mln so‘m (26,7 trln);

2. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi — 6 trln 130 mlrd 330 mln so‘m (6 trln);

3. Sog‘liqni saqlash vazirligi — 4 trln 587 mlrd 244,7 mln so‘m (3,66 trln);

4. Madaniyat vazirligi — 1 trln 100 mlrd 445,3 mln so‘m (746 mlrd);

5. Yoshlar siyosati va sport vazirligi — 1 trln 768 mlrd 859,2 mln so‘m (1,219 trln);

6. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi — 1 trln 795 mlrd 563,6 mln so‘m (1,273 trln);

7. Qishloq xo‘jaligi vazirligi — 1 trln 711 mlrd 199,8 mln so‘m (657 mlrd);