Olmazor tumanidagi Qorasaroy köçasining Hazrati imom (Hastimom) majmuasi va Islom sivilizatsiyasi markazi qarşisidagi qismi piyodalar sayilgohiga aylantiriladi, avtomobil yöli esa yer ostidan, tunnel şaklida ötkaziladi. 1,2 kilometrlik tunnelning 800 metrlik qismi sentabrgaça qurib bitkazilişi mumkin. Bu haqda Kun.uz muxbiriga pudratçi Gold Step Invest vakili ma’lum qildi.

Tunnelning ustki qismi yaşil hududga aylanadi, dedi kompaniya xodimi Nodir Şodmonov.

“Turistlar, özimizning fuqarolar kelganda dam oladigan, maqbara, muzeylarni aylanadigan joy böladi. Har xil manzarali daraxtlar ekiladi. Hozir aholi uçun piyodalar yölagi qilinyapti. Maxsus texnikalar kelişni boşladi”, – deydi Şodmonov.

Uning qayd etişiça, umumiy hisobda 1200 metrlik tunnel quriş belgilangan. Onlayn xaritalarga qaraganda, Qorasaroy köçasining Abdulla Qodiriy köçasidan Nurafşon köçasigaça bölgan oraliqdagi qismining uzunligi aynan şunçani taşkil etadi.

1 aprel kuni Toşkent şahar hokimligi ayni şu oraliqda avtomobillar harakati sentabr oyigaça töxtatilganini ma’lum qilgan, sabab sifatida “quriliş-ta’mirlaş işlari”ni körsatgan edi. Ammo rasmiy axborotda tunnel qurilişi haqida söz bormagan.

Kun.uz muxbiri bilan quriliş maydonida gaplaşgan pudratçining vakili loyiha qiymatidan bexabarligini aytdi. Olmazor tuman hokimligi bu savol va Qorasaroy köçasi böyida qurilayotgan boşqa obektlar haqidagi sörovlarni javobsiz qoldirdi.

Gold Step Invest haqida

“Gold Step Invest” MÇJ 2024 yilda Yangi Özbekiston köçasi va 4R12 avtomobil yöli kesişmasida oçilgan tunnelni ham qurgan.

2023 yilda 350 mlrd söm (öşa vaqtdagi kurs böyiça 28,3 mln dollardan ortiq) qiymatdagi loyiha uçun boş pudratçi tendersiz tanlab olingan.