Jadidçilik mavzusidagi konferensiyada sözga çiqqan Saida Mirziyoyeva jamoatçilik e’tiborini “Özbekiston” sözi turli-tuman şakllarda yozilayotganiga qaratdi. “Gap Vatan va millat nomini töğri yoziş haqida ketar ekan, bunday bahs va tortişuvlarni bas qilişimiz, alifbodagi ayrim özgarişlarni joriy etişimiz va şu bilan alifbo masalasiga qat’iy nuqta qöyişimiz zarur”, – dedi u.

Özbekiston prezidentining yordamçisi Saida Mirziyoyeva lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini tezroq isloh qilişga çaqirdi. Bu haqda u Toşkentda “Jadidlar: milliy özlik, istiqlol va davlatçilik ğoyalari” mavzusida bölib ötayotgan anjumandagi nutqida töxtalib ötdi.

“Bugun men juda dolzarb masalaga töxtalişni istardim. Ötgan yillar davomida milliy alifboni isloh qiliş masalasida köplab fikrlar tinglandi, qizğin bahslar olib borildi. Ammo bir töxtamga kelinmadi. Bir misolga e’tiboringizni qaratsam, lotin yozuviga asoslangan alifbomizda hatto Vatanimiz nomi ham siz monitorda körib turganingizdek, turli joylarda turliça yozilmoqda. Endi sizga savol bermoqçiman, monitorda Özbekiston sözining qaysi şakli töğri? Körib turganingizdek, bir qaraşda oddiy tuyulgan imlo belgisi butun boşli davlat va millatning nomi xato yozilişiga sabab bölyapti.

Men buni tuzatiş zarur bölgan holat deb bilaman. Biz bunday masalalarda hadeb bahslaşavermay, tezroq qaror qabul qilişimiz, yöl qöyilgan jiddiy xatoni zudlik bilan tuzatişimiz muhim deb hisolayman. Çunki gap bizning millatimiz, ğururimiz, yurtimiz nomi haqida ketyapti.

Töğri, alifbo islohoti, bahslar, tortişuvlar, közda tutilmagan moliyaviy xarajatlarni keltirib çiqarişi mumkin. Lekin yana bir bor ta’kidlayman, gap Vatan va millat nomini töğri yoziş haqida ketar ekan, bunday bahs va tortişuvlarni bas qilişimiz, alifbodagi ayrim özgarişlarni joriy etişimiz va şu bilan alifbo masalasiga qat’iy nuqta qöyişimiz zarur deb hisoblayman”, – dedi Mirziyoyeva.

Eslatib ötamiz, lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini isloh qiliş masalasi bir neça yildan buyon qizğin bahs-munozaralar markazida bölib kelmoqda.

Tilşunoslarning 2023 yil sentabrdagi anjumanida alifbodagi 4 harfni: O‘ o‘ — Õ õ, G‘ g‘ — Ğ ğ, Ch ch — C c, Sh sh — Ş ş almaştiriş masalasi tahlil