Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini isloh qiliş böyiça deyarli 30 yilga çözilgan işlar va nihoyat, tez orada yakuniga yetadigan körinadi.

22 sentabr kuni Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetida ötgan hamda özbek tilşunos olimlarini jamlagan konferensiyada ayni şu masalada tarixiy kelişuvga erişildi.

Konferensiyada işçi guruh tomonidan 28 ta harf, 1 ta harf birikmasi va tutuq belgisidan iborat takomillaştirilgan alifbo loyihasi taqdim etildi.

Unga köra, takomillaşgan alifboda eng muammoli bölgan va şu muammolar sabab hamon kirill yozuvidan töla voz keçolmayotganimiz – tört harfni özgartiriş taklif etildi. Taklif esa quyidagiça: alifbodagi o‘, g‘ va sh harflarini 1993 yilgi şakllariga (õ, ğ, ş) qaytariş, ch undoşini esa lotinça c harfining aynan özi, ya’ni dumsiz şakli bilan ifodalaş közda tutilgan. Ch harfini S.s tarzida ifodalaş şaklini şuningdek, 1928–1940 yillarda jadid bobolarimiz ta’sis etgan lotinça alifboda ham köriş mumkin.

  • O‘ o‘ — Õ õ
  • G‘ g‘ — Ğ ğ
  • Ch ch — S s
  • Sh sh — Ş ş

Tadbir davomida ilgari surilgan uşbu tört özgariş borasida olimlar, özbek tili va alifbosi muammolarini yoritib kelayotgan jurnalist va blogerlar hamda ona tili va adabiyoti fani öqituvçilari fikrlari haqidagi maxsus reportajni quyidagi havola orqali tomoşa qilişingiz mumkin:

Ilyos Safarov tayyorladi.
Tasvirçi va montaj ustasi – Asror Allamurodov.