Jahon | 16:59 / 28.12.2023
13790
6 daqiqa o‘qiladi

Feodosiyaga hujum oqibatlari va Baxmut atrofidagi shifokorlar hayoti. Urush suratlari

Ukrainada urushning 672-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Ukrainada Zaporijjya oblastida rossiyalik harbiylar ukrainalik asirlarni otib tashlagani aytilayotgan video yuzasidan tekshiruv ishlari boshlandi. Bu video qachon olingani aniq emas.
  • Ukrainada sud «DXR» rahbari Denis Pushilinni sirtdan 15 yilga ozodlikdan mahrum etdi. Unga Ukraina hududiy yaxlitligi va daxlsizligiga tajovuz qilish va kollaboratsionlik faoliyati aybi qo‘yilgan.
  • Astra manbasi tasdiqlashicha, «Novocherkassk» desant kemasiga zarbadan keyin 33 nafar dengizchi bedarak yo‘qolgan. Qrim rahbari Sergey Aksenov portga hujum oqibatida bir kishi halok bo‘lgani va ikki kishi yaralangani to‘g‘risida xabar bergandi. Ular dengizchi yoki tinch aholi vakillari bo‘lganiga aniqlik kiritilmagan. RF mudofaa vazirligi yo‘qolganlar yuzasidan hech qanday bayonot bermagan.
  • Yevroittifoq Vengriyaning roziligisiz ham Ukrainaga 20 milliard yevrolik yordam ajratish yo‘lini ishlab chiqmoqda.
  • Rossiya adliya vazirligi «Slujba podderjki», «Nastoyashchaya Rossiya» hamda «Surishtiruvchi jurnalistlar global tarmog‘i — GIJN»ni «istalmagan tashkilotlar» reyestriga qo‘shdi.
  • Ukraina Shahed tipidagi dronlarni seriyali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi, deb xabar bergan mamlakat Strategik sanoat vazirligi rahbari Oleksandr Kamishin.

Kun kadri. Feodosiya portida cho‘kib ketgan «Novocherkassk» desant kemasi

Ukraina QK havo kuchlari qo‘mondonligi 26 dekabr kuni ukrain aviatsiyasi Feodosiyaga hujum vaqtida qanotli raketalar bilan RF Qora dengiz flotining «Novocherkassk» yirik desant kemasini portlatib yuborgani haqida xabar qildi. RF mudofaa vazirligi kema «Ukraina qurolli kuchlari zarbasini qaytarish chog‘ida shikastlangani» haqida xabar bergan. Zarbadan keyin olingani aytilgan fotosuratlarda kema qariyb to‘liq cho‘kib ketgani aks etgan. Shuningdek, uning yaqinida turgan T-43 «UTS-150» klassidagi o‘quv-mashg‘ulot kemasi ham qisman cho‘kkan.

Astra telegram-kanali o‘z manbasiga tayanib yozishicha, kamida 33 dengizchi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, 26 dekabrga o‘tar kechasi hujum vaqtida kemada 77 dengizchi bo‘lgan. Bedarak yo‘qolganlardan tashqari, 19 nafar dengizchi turli darajada tan jarohatlari olgan. «Novocherkassk» kemasida xizmat qilgan va omon qolganlardan birining aytishicha, hujum vaqtida bortda muddatli xizmat asosida chaqirilganlar, shuningdek shartnoma asosida xizmat qiluvchilar bo‘lgan. U qurbonlar orasida yosh chaqiriluvchilar ham borligini tasdiqlagan.

Feodosiya portida rossiyaliklar desant kemasiga hujum oqibatlari
Maxar Technologies / AP / Scanpix / LETA

Odessa va Xerson o‘qqa tutilishi oqibatlari

26 dekabr kuni kechqurun RF kuchlari Xersondagi temiryo‘l vokzalini o‘qqa tutdi, bu vaqtda u yerda evakuatsiya poyezdi turgandi. U orqali 140 kishi Xersondan Kiyevga yuborilishi kerak edi. Zarbadan keyin odamlar boshqa poyezdda Mikolayivga yuborildi. Ukraina ichki ishlar vaziri Igor Klimenkoning xabar berishicha, evakuatsiya vaqtidagi hujum oqibatida politsiya leytenanti halok bo‘lgan, to‘rt kishi yaralangan, jumladan ikki politsiyachi ham.

27 dekabrga o‘tar kechasi rossiyalik harbiylar dronlar bilan Odessaga hujum qildi. Shahar mudofaa kuchlari oblast hududida, shuningdek qo‘shni Mikolayiv va Vinnitsa oblastlari osmonida 17 dronni urib tushirgan. Odessa shahri va oblastiga hujum oqibatida bir kishi halok bo‘lib, uch kishi yaralangan, deya xabar bergan Janub mudofaa kuchlari. Odessa oblasti harbiy ma’muriyati rahbari aniqlik kiritishicha, 35 yoshli erkak halok bo‘lgan, ikki kishi yaralangan: 37 yoshli ayol va 17 yoshli o‘smir. Jabrlanganlar ko‘p sonli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Odessa yaqinidagi posyolkada dronlar hujumidan keyingi manzara
Igor Tkachenko / EPA / Scanpix / LETA
Xerson aholisi vakillari hujum joyi yaqinida
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Xerson vokzali binosida rossiyaliklar droni hujumi oqibatlarini bartaraf etayotgan ishchi
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Xersonda hujum joyini oskolkalardan tozalayotgan ishchi
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA

Baxmut atrofidagi ukrain shifokorlari

 

Ukrainalik harbiy Baxmut yaqinidagi pozitsiyada
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press

 

Baxmut tomon ketayotgan ukrainalik harbiylar
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press
Baxmut yaqinida ukrainalik shifokorlar yaradorga yordam ko‘rsatmoqda
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press
Vrach Mariya, hamshira Katerina va medbrat Vadim Baxmut yaqinidagi yaradorlarni qabul qilish punktidagi tanaffus vaqtida
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press

Mavzuga oid