Ukraina qurolli kuçlarining Feodosiya portidagi «Novoçerkassk» yirik desant kemasiga zarbasidan keyin kamida 33 nafar dengizçi bedarak ketgan deb hisoblanmoqda. Bu haqda Astra telegram-kanali öz manbasiga tayanib xabar berdi.
Naşr ma’lumotiga köra, 26 dekabrga ötar keçasi amalga oşirilgan hujum vaqtida kemada 77 nafar dengizçi bölgan. Bedarak yöqolganlardan taşqari, 19 nafar dengizçi turli darajada tan jarohatlari olgan.
Anneksiya qilingan Qrim rahbari Sergey Aksenov avvalroq portga hujum oqibatida tinç aholi vakillaridan bir kişi halok bölib, tört kişi yaralangani töğrisida xabar qilgandi. Astra ma’lumotiga köra, port qöriqlaş xizmati xodimi bölgan 64 yoşli Nadejda Tolşçina halok bölgan.
Naşrning qöşimça qilişiça, hujum joyida Storm Shadow raketasi qoldiqlari topilgan.
Hujum vaqtida «Novoçerkassk» sahnida dengizçilar bölgani haqidagi ma’lumot avvalroq «Agenstvo» va VÇK-OGPU anonim telegram-kanali tomonidan ham tarqatilgandi.
- Ukraina qurolli kuçlari havo kuçlari qömondonligi 26 dekabr kuni ukrain aviatsiyasi Feodosiyaga hujum vaqtida qanotli raketalar bilan RF Qora dengiz flotining «Novoçerkassk» yirik desant kemasini portlatib yuborganini ma’lum qilgandi. RF mudofaa vazirligi kema «Ukraina qurolli kuçlarining zarbasini qaytariş çoğida şikastlangani» haqida xabar bergan. Zarbadan keyin voqea joyida olingan fotosuratlarda kema butkul çökib ketgani aks etgan. Şuningdek, uning yaqinida bölgan T-43 «UTS-150» toifasidagi öquv-maşğulot kemasi ham qisman çökkan.














