Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi rahbari ishdan olindi
Prezident raisligidagi yig‘ilishda Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi ham faqat forumlar o‘tkazish bilan cheklanib qolgani tanqid qilindi.
Agentlikning tumanlar kesimida investitsion xaritasi ham yo‘q.
Agentlik rahbari Murod Mirzayevni egallab turgan lavozimidan ozod etishga ko‘rsatma berildi.
Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayevga har bir hudud va tarmoqdagi o‘tgan yilgi qoloqliklarni hisobga olgan holda yangilangan investitsiya dasturini kiritish topshirildi.
Investitsiya vazirining 3 ta o‘rinbosari xorijiy investitsiya ko‘p talab qiladigan tarmoqlarga, sog‘liqni saqlash va transport sohalariga investitsiya jalb qilish uchun mas’ul etib biriktirildi.
Yig‘ilishda kompleks rahbariyati, tarmoq va hududlar rahbarlari 38 milliard dollarlik, bunga qo‘shimcha Energetika vazirligi 15 milliard dollar investitsiya jalb qilish bo‘yicha rejalarini bayon qildi.
- Bundan oldinroq, ushbu yig‘ilish vaqtida o‘z tizimidagi kamchiliklar va sustkashlik uchun Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Badriddin Abidov va Texnik tartibga solish agentligi rahbari Dilshod Sattarov lavozimidan ozod qilingandi.
- Murod Mirzayev 2023 yil fevralidan buyon ISSV huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi direktori lavozimida ishlab kelayotgandi.
Mavzuga oid
15:32 / 24.12.2025
«Treyderlik katta soha, nojoiz instrumentlar ham bor»: aksiyalar bozori haqida ekspert bilan suhbat
09:21 / 23.12.2025
Ishonchli boshqaruvchilar aktivlarini baholash har chorakda amalga oshiriladi
10:10 / 22.12.2025
Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarning eng ko‘pi savdo sohasida
17:12 / 20.12.2025