Oliy darajadagi muzokaralardan söng ikki tomonlama hujjatlarni imzolaş marosimi bölib ötdi.
Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Jinping Qöşma bayonot imzoladilar.
Unda tomonlarning özaro manfaatli hamkorlikni turli sohalarda har tomonlama mustahkamlaş hamda Özbekiston bilan Xitoy örtasidagi barça şaroitlarda har tomonlama strategik şeriklikni mazmun jihatidan boyitişga intilişi tasdiqlangan.
Yetakçilar huzurida quyidagilar imzolandi:
- Özbekiston Respublikasi hukumati va XXR hukumati örtasida atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasidagi hamkorlik töğrisida bitim;
- Özbekiston Respublikasi hukumati va XXR hukumati örtasida texnik-iqtisodiy hamkorlik töğrisida bitim;
- Özbekiston Respublikasi hukumati va XXR hukumati örtasida inson resurslarini rivojlantiriş böyiça hamkorlik töğrisida bitim;
- Özbekiston Respublikasi hukumati va XXR hukumati örtasida davlat ilmiy-tadqiqot muassasalari hamkorligi töğrisida bitim;
- Özbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va XXR Ta’lim vazirligi örtasida xitoy tilini öqitiş sohasidagi hamkorlik töğrisida bitim;
- Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi va XXR Bojxona boş boşqarmasi örtasida Özbekistondan Xitoyga nöxat eksport qilişda fitosanitar talablar va nazorat töğrisida bayonnoma;
- Özbekiston Respublikasi Transport vazirligi va XXR Islohotlar va rivojlaniş davlat qömitasi örtasida Xitoy – Markaziy Osiyo – Yevropa temiryöl ekspresslari böyiça hamkorlikni çuqurlaştiriş töğrisida bayonnoma;
- Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va XXR Tijorat vazirligi örtasida yangi elektr transport vositalari sohasidagi hamkorlikni rivojlantiriş töğrisida bayonnoma;
- Özbekiston Respublikasi Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi va XXR Qişloq xöjaligi va qişloq masalalari vazirligi örtasida kambağallikni qisqartiriş sohasidagi hamkorlik töğrisida ahdlaşuv bayonnomasi;
- Özbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va XXR Fan va texnologiyalar vazirligi örtasida ilmiy-texnik hamkorlikni yanada mustahkamlaş töğrisida hamkorlik bayonnomasi;
- Özbekiston Respublikasi Texnik tartibga soliş agentligi va XXR Standartlaştiriş ma’muriyati örtasida standartlaştiriş sohasidagi hamkorlik töğrisida bayonnoma;
- Özbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Xitoy fuqarolik aviatsiyasi boşqarmasi örtasida «Havo ipak yöli»ni birgalikda barpo etiş töğrisida kelişuv;
- Özbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi huzuridagi Turizm qömitasi va XXR Madaniyat va turizm vazirligi örtasida 2024-2026 yillarda turizm sohasidagi hamkorlik rejasi;
- Toşkent viloyati va Şensi muzofoti örtasida şeriklik aloqalarini örnatiş töğrisida bitim;
- Samarqand va Tsindao şaharlari örtasida şeriklik munosabatlarini örnatiş töğrisida bitim va boşqalar.















