“Paxtakor futbol klubi” mas’uliyati çeklangan jamiyatining 100 foiz davlat uluşi savdoga çiqarildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boşqariş agentligi xabar berdi.
Klubni sotib oluvçi xaridor keyinçalik quyidagi talablarga rioya qilişi kerak böladi:
- futbol klubining faoliyatini saqlab qoliş, rivojlantiriş va xalqaro darajaga olib çiqiş;
- futbol klubi balansidagi barça sport obektlaridan, şu jumladan, futbol maydonidan faqatgina sport faoliyati yönalişlarida foydalaniş;
- “Paxtakor” futbol klubi akademiyasi faoliyatini saqlab qoliş va rivojlantiriş.
Talabgorlarning arizalari 2024 yil 15 fevral kuni soat 18:00 ga qadar qabul qilinadi.
Toşkentning qoq markazidagi 24 gektarlik hudud

Klubning eng qimmat aktivi – Toşkent şahri Şayxontohur tumani I.Karimov köçasida joylaşgan 24,1 gektarlik stadion.
Klubni xususiylaştiriş haqida Davlat aktivlarini xususiylaştiriş va xususiylaştiriş jarayonlarini muvofiqlaştiriş davlat komissiyasi tomonidan 2023 yil 27 dekabrda tegişli bayon qabul qilingan.
Uzoqqa bormagan xususiylaştiriş
2017 yil avgust oyida “SFI Management Group” investitsiya majburiyatlarini bajariş şarti bilan “Paxtakor” FK MÇJ ustav fondidagi 80 foiz uluşni sotib olgan edi. Klubning 20 foiz aksiyasi Toşkent şahar hokimligida qolgandi. Öşanda SFI guruhi “Paxtakor”ga 5 yil davomida kamida 200 milliard söm sarmoya kiritib, tarixiy stadion örnida yangi stadion qurişi e’lon qilingandi. 2019 yilda “Paxtakor” stadioni buziş va örnida yangi stadion quriş uçun yopildi.


















