Ayni paytda Özbekiston va Angliyaning eng sovrindor klublari sotilmoqda. «Mançester Yunayted» aksiyalarining 25 foiz uluşini ser Jim Retkliff sotib olayotgan bölsa, «Paxtakor» aksiyalari töliğiça sotuvga qöyildi.
Retkliff klub bilan uçraşuvda maqsadi moliyaviy foyda köriş emas, klubni yana Yevropaning eng kuçlilaridan biriga aylantiriş ekanini aytayotgan bölsa, «Paxtakor»ni sotib oladigan xaridor akademiya va klub faoliyatini davom ettirişi, klub balansidagi barça sport obektlaridan, jumladan, futbol maydonidan faqatgina sport faoliyati yönalişlarida foydalanişi kerak bölişi aytilmoqda.
Ser Jim Retkliff allaqaçon klub strukturasini örganib çiqib, bir qator muhim pozitsiyalarga öz odamlarini tayinlaşni boşladi, ba’zi rahbarlar işdan böşatildi ham. «Paxtakor»ning rasmiy bayonotiga köra esa, Jahongir Ortiqxöjayev klub raisi sifatida faoliyatini davom ettiradi.

Farqlar faqat şu yerda tugamaydi. «Mançester Yunayted»ning bozor narxi yetti milliard dollargaça çiqib ketdi. Ya’ni Jim Retkliff klub aksiyalarining 25 foizini sotib oliş uçun 1,3 milliard funt pul sarflagani, şuningdek, klub infratuzilmasini yaxşilaş uçun qöşimça 300 million funt investitsiya kiritişi aytilmoqda.
«Mançester Yunayted» amerikalik Gleyzerlar oilasiga tegişli, ya’ni xususiy, klubni istagan narxiga, istagan şartlarda sotişi, xohlasa umuman sotmasligi mumkin. Hatto «Old Trafford»ni buzib yuborib, ser Aleks Fergyuson haykalini qismlarga bölib sotsa ham, huquqiy jihatdan heç kim e’tiroz qila olmaydi. Muxlislar norozilik namoyişlari ötkazişi mumkin xolos. Albatta, bu noroziliklardan biznes ham yutqazadi, şuning uçun Gleyzerlar heç qaçon bunday qilişmaydi, bu boşqa masala.
«Paxtakor»ni Davlat aktivlari agentligi sotayotganidan kelib çiqsak, klub davlatga tegişli, ya’ni xalqniki, jamoa muxlislari ham «xalq jamoasi» deyişni yaxşi körişadi. Ammo «xaridor akademiya va klub faoliyatini davom ettirişi, klub balansidagi barça sport obektlaridan, jumladan, futbol maydonidan faqatgina sport faoliyati yönalişlarida foydalanişi kerak bölişi» haqidagi şartlardan boşqa heç narsa ma’lum emas. Ertaga bu şartlar bajarilmasa, nima böladi, davlat «Paxtakor»ni olti yil oldin sotib, yana qaytib olganidek bölişi mumkinmi yoki stadion buzilmasligiga moratoriy huquqi qoladimi, unda tadbirkor nimani sotib olmoqda, noma’lum.
Iqtisodçi Otabek Bakirov öz telegram-kanalida şu boradagi xavotirlarini bildirdi.
«Lekin bu hozirça. Keyinçalik, egalik huquqi rasmiylaştirib olingaç va aytaylik, şahar çetida boşqa stadion qurilgaç, talablar osongina özgartirilişini istisno etib bölmaydi. Ayniqsa, klubga asosiy da’vogar deb hisoblanadigan oligarxiyaning qaror qabul qiluvçilarga ta’siri hisobga olinsa.

















