Buyuk Britaniyaning Economist Intelligence Unit tadqiqot markazi 2023 yil uçun Demokratiya indeksi reytingini e’lon qildi. Unda 167 ta davlat haqida söz yuritilgan. Uşbu reytingda Özbekiston 148poğonada qayd etilgan bölib, 2022 yilga nisbatan öz pozitsiyasini 1 poğonaga yaxşilagan.
Mamlakatlar 4 guruhga ajratilgan: «töliq demokratiya», «nuqsonli demokratiya», «gibrid» va «avtoritar» rejimdagi davlatlar.

Tadqiqot natijalariga köra, dunyo aholisining 7,8 foizi töliq demokratlaşgan jamiyatlarda, 39,4 foizi (ularning katta qismi Xitoy aholisi hissasiga töğri keladi) esa avtoritar boşqaruv ostida hayot keçirmoqda.

Ötgan yil davomida demokratik davlatlar qatoriga kiritilgan mamlakatlar soni 2 taga oşib, 74 taga yetgan. Şunday bölsa-da, global miqyosidagi umumiy demokratiya darajasi 5,23 punktgaça tuşgan. Bu indeks e’lon qilina boşlangan 2006 yildan beri eng past körsatkiç hisoblanadi.
Demokratiya indeksini tuzişda quyidagi 5 ta omil inobatga olingan:
- saylov jarayonlari va plyuralizm;
- hukumatning işlaşi;
- siyosiy iştirok;
- siyosiy madaniyat şakllangani;
- jamiyat erkinligi.

Sobiq ittifoq mamlakatlarida vaziyat qanday?
Tadqiqotçilar Özbekistondagi demokratiya bilan boğliq vaziyatni 10 balldan 2,12 ballga baholagan. Bunda toifalarga quyidagiça ball berilgan: saylov jarayoni va plyuralizm sifati – 0,08 ball, hukumat faoliyati – 1,86 ball, siyosiy iştirok – 2,78 ball, siyosiy madaniyat – 5 ball va fuqarolar erkinligi – 0,88 ball.
Reytingda possovet mamlakatlari içida eng yuqori poğonalarda Estoniya (27-örin), Latviya (37-örin) va Litva (39-örin) qayd etilgan. Boltiqböyidagi uç respublika va Moldova (68-örin) «nuqsonli demokratiya» toifasidagi mamlakatlar qatoridan örin olgan. Armaniston (84-örin), Gurjiston (89-örin) va Ukraina ( 91-örin) «gibrid rejim»dagi mamlakatlar sifatida qayd etilgan.
Qolgan mamlakatlar Qirğiziston (109-örin), Qozoğiston (120-örin), Ozarboyjon (130-örin), Rossiya (144-örin), Belarus (151-örin), Tojikiston (155-örin) va Turkmaniston (162-örin) «avtoritar rejim»dagi davlatlar qatoriga kiritilgan.













