21 fevral kuni Rossiyaning Qozon şahriga amaliy taşrif doirasida prezident Şavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning uçraşuvi bölib ötdi.
Suhbat avvalida Özbekiston rahbari Rossiya prezidentini sportning an’anaviy va virtual turlarini özida mujassam etgan «Kelajak öyinlari» birinçi xalqaro musobaqasi ötkazilayotgani bilan samimiy qutladi.

Ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb jihatlari, jumladan, ötgan yil 5-7 oktyabr kunlari Moskva şahrida oliy darajada erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş masalalari körib çiqildi.
Yetakçilar Özbekiston bilan Rossiya örtasidagi keng qamrovli strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlari izçil mustahkamlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.
2023 yilda bölib ötgan Hukumatlararo komissiya yiğilişlari, hududlar, ta’lim, tibbiyot forumlari, qator boşqa işbilarmonlik va madaniyat tadbirlarining samarali natijalari yuksak baholandi. Hududlar örtasidagi kooperatsiya aloqalarini rağbatlantirişga alohida e’tibor qaratildi.

Davlat rahbarlari transport yölaklarini birgalikda rivojlantiriş, temir yöl transporti sohasidagi hamkorlikni mustahkamlaş masalalarini muhokama qildi.
Mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almaşildi, bölajak xalqaro tadbirlar rejasi körib çiqildi.












