Cambridge University Press and Assessment tomonidan yaratilgan TKT - Teaching Knowledge Test (Öqitiş bilimlari testi) imtihoni dunyoning 60 dan ziyod mamlakatlarida tan olingan bölib, ingliz tili öqituvçilarining dars ötiş bilimlarini va könikmalarini tekşiriş orqali, ularni öz ustilarida işlaşlarini rağbatlantiriş uçun foydalanib kelinadi. Uşbu test 5 ta moduldan iborat bölib, ular quyidagilar:
3 tasi asosiy modullar:
- Module 1 - Tilni örganiş va öqitiş asoslari
- Module 2 - Darsni rejalaştiriş va tilni öqitiş uçun resurslardan foydalaniş asoslari
- Module 3 - Öqitiş va örganiş jarayonlarini boşqariş asoslari,
2 tasi qöşimça modullar:
- TKT:CLIL (Content and Language Integrated Learning)
- TKT:YL (Young Learners)
Özbekistonda asosan öqituvçilar tomonidan 3 ta asosiy modullar böyiça test topşirilib, Cambridge University Press and Assessment tomonidan taqdim etilgan xalqaro tan olingan sertifikatini qölga kiritişadi.
TKT imtihonlari Özbekiston hududida Cambridge University Press and Assessment tomonidan röyxatga olingan 3 ta test markazlari xususan Edu-Action Test markazi tomonidan taşkillaştirib ötkaziladi. Bunda barça savollar Cambridge University Press and Assessment tomonidan taqdim etiladi va test markazlari tomonidan joylarda testlar taşkillaştirib ötkaziladi. Test javoblari xolislikni ta’minlaş maqsadida, faqatgina Cambridge University Press and Assessment tomonidan Özbekistondan taşqarida tekşiriladi va baholanadi, söngra sertifikatlar taqdim etiladi. Alohida ta’kidlaş joizki Özbekistonda TKT imtihonini topşirişga bölgan qizqişning jadal rivojlanişi öz navbatida Cambridge University Press and Assessment tomonidan test jarayonlarida şaffoflikni takomillaştiriş maqsadida Özbekiston bozori uçun maxsus qöşimça xavfsizlik çoralarini ham işlab çiqib, eng asosiysi qölga kiritilgan sertifikatlarning haqiqiyligini Davlat taşkilotlari tomonidan tekşirib olişlariga qulayliklar yaratiş borasida bir qança özgartirişlar amalda tatbiq etildi.
Şu bilan bir qatorda Cambridge University Press and Assessment öqituvçilarning bilimlarini oşiriş va TKT test sinovlarida yuqori natijalarga erişişlari uçun test markazlari bilan birgalikda test ötkazişning standart modellaridan va jarayonlaridan taşqari bir qator maxsus tadbirlar ham taşkillaştirildi. Uşbu maxsus tadbirlar Özbekistondagi uçta Cambridge imtihon markazlari va davlat taşkilotlari bilan yaqin hamkorlikda işlaşni hamda mamlakat böylab öqituvçilarga yetakçi malakalar TKT, CELTA, DELTA kurslarini va testlarini taşkillaştiriş, öquv materiallari, naşrlar, onlayn seminarlar va bepul resurslar taqdim etişni öz içiga olgan. Xususan, Cambridge University Press and Assessment taşkiloti Edu-Action test markazi bilan yaqin hamkorlikda quyidagilarni amalga oşirdi:
· Har yili 4000 dan ortiq öqituvçilar uçun bepul ta’lim seminarlari va vebinarlarini Cambridge University Press and Assessment tomonidan taqdim etilmoqda.
· TKT ga tayyorgarlik körişga qaratilgan “Train the Trainer” dasturi orqali 50 dan ortiq öqituvçi trenerlari tayyorlandi.
· Öqituvçilarga test topşirişda qulaylik yaratiş maqsadida Özbekistonning ön ikki şahrida test sessiyalarini taşkil etilmoqda.
· Test natijalari va ularning tasdiqlanişini ta’minlaş uçun maxsus verifikatsiya platformasi (verification.edu-action.uk) yaratildi.
· Cambridge University Press and Assessment har yili tört mingdan ortiq iştirokçi qatnaşadigan öqituvçilar uçun TKT tanlovlarini ötkazdi.
· TKT imtihonining standart imtihon ötkaziş protokollariga qöşimça tarzda, Özbekiston uçun xos bölgan xavfsizlik çoralarini kuçaytiriş borasida sezilarli özgartirişlar kiritildi. Uşbu özgarişlar imtihon qoidalarining buzilişi xavfini sezilarli darajada kamaytirişga, verifikatsiya usullarini takomillaştirişga qaratilgan bölib, uşbu tadbirlar samarasini oşiriş borasida yangi loyihalar ustida ham işlanmoqda.
Edu-Action test markazi 2018 yildan buyon xalqaro taşkilotlar, xususan IDP IELTS Australia bilan hamkorlikda IELTS test sinovlarni, Cambridge University Press and Assessment bilan hamkorlikda Cambridge English Qualifications (Pre A1 Starters, A1 Movers, A2 Flers, A2 Key for Schools, B1 Preliminary for Schools, B2 First for Schools, C1 Advanced, C2 Proficiency) va Cambridge English Teaching Qualifications (TKT, CELTA, DELTA) sertifikatlarni oliş uçun imtihon va kurslarini taşkillaştirib kelmoqda.
Ta’kidlaş joizki Özbekiston Respublikasida sönggi yillarda ingliz tilini örganişga bölgan e’tibor tobora rivojlanib bormoqda. Özbekiston Respublikasida xorijiy tillarni örganişni ommalaştiriş, sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqiş hamda sohaga malakali pedagoglarni jalb etiş maqsadida bir qança qarorlar işlab çiqildi va şu örinda alohida e’tiborlisi bu 2021 yil 19 mayda Özbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan imzolangan PQ-5117-sonli qarori hisoblanadi. Şu qaror 5-bandining “a” qismida ta’lim muassasalarining kamida C1 darajadagi milliy yoki unga tenglaştirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega xorijiy tillar (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, puştu, dari, urdu, hind) öqituvçilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qöşimça ustama haqi tölab berilişi belgilab qöyildi. Uşbu qaror ijrosi amalda maktab va oliy ta’lim muassasalarida işlovçi ingliz tili öqituvçilarini öz ustilarida işlaşlari, malakalarini oşiriş va öz navbatida bilimlarini xalqaro imtihonlar, xususan TKT imtihonini topşiriş orqali tasdiqlaşlari uçun katta turtki böldi.
Maqsadimiz, xalqaro taşkilotlar bilan hamkorlikda Özbekistonda ingliz tili ta’limini yangi darajaga kötariş, ta’lim sohasidagi innovatsiyalar va rivojlanişlarni jadallaştiriş va öylaymizki Cambridge University Press and Assessment tomonidan taqdim etilgan resurslar, dasturlar va naşrlar şubhasiz, öqituvçilar va öquvçilarning ingliz tilini örganiş jarayoniga ijobiy ta’sir körsatadi hamda ularning xalqaro standartlarga mos keladigan bilim va könikmalarni egallaşlariga yordam beradi.
Ma’lumot uçun: koll-sentr: (+998) 71 230-01-03
Sayt | Instagram | Telegram | Telegram bot
Reklama huquqi asosida








