18 aprel kuni Toşkentda “Uy-joy kommunal xizmat körsatiş sohasi xodimlari kuni” munosabati bilan tadbir bölib ötdi. Unda aytilişiça, joriy yilda respublika budjeti mablağlari hisobidan issiqlik ta’minoti obektlarini quriş, rekonstruksiya va modernizatsiya qiliş uçun 287,5 mlrd söm mablağ ajratilişi közda tutilgan.
Loyihaga köra, 14 ta qozonxona, 771 ta isitiş qozonlari va 704 km issiqlik tarmoqlarida quriş va rekonstruksiya işlari amalga oşirilib, yopiq issiqlik ta’minoti tizimini taşkil etiş uçun 896 ta individual issiqlik punktlari (IIP) örnatiladi.

Bugungi kunda respublikadagi köp qavatli uylar soni jami 41 930 tani taşkil etadi va ularga jami 800 dan ortiq boşqaruv taşkilotlari xizmat körsatadi.
Bu boşqaruv kompaniyalari hozirga qadar uylarni ta’mirlaş, hududlarning infratuzilmasini yaxşilaş, moddiy-texnika bazasini şakllantirişga öz hisobidan 268 mlrd söm, xizmat körsatişga ixtisoslaşgan bino va inşootlarni quriş uçun 49 mlrd sömdan ortiq investitsiya mablağlarini kiritgan.


Sönggi 7 yil davomida jami 2 trln 701 mlrd söm mablağ hisobidan 36 mingga yaqin köp qavatli uylar mukammal yoki joriy ta’mirlangan va ularda aholiga xizmat körsatayotganf 1645 ta lift uskunalari yangisiga almaştirildi.










