O‘zbekiston | 20:58 / 12.06.2024
5091
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston atom energiyasidan foydalanishda MAGATE bilan yaqindan hamkorlik qiladi

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Venada Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) bosh direktori Rafael Grossi bilan uchrashib, O‘zbekistonda atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish masalalarini muhokama qildi.

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov 10 iyun kuni Avstriyaning Vena shahrida Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) bosh direktori Rafael Grossi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanishning barcha jihatlari bo‘yicha MAGATE bilan yaqindan hamkorlik qilinayotgani alohida ta’kidlandi.

Muloqotda, shuningdek, ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikni izchil davom ettirish masalalari muhokama qilindi, deyiladi vazirlik xabarida.

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyatida “Rosatom” tomonidan quriladigan kichik AESning birinchi reaktori 5 yildan keyin ishga tushishi xabar qilingandi.

Mavzuga oid

E`lonlar