Jahon | 15:29 / 23.06.2024
11161
9 daqiqa o‘qiladi

Donetsk oblastida ishlayotgan sapyorlar va Xarkiv o‘qqa tutilishi oqibatlari. Urush suratlari

Ukrainada urushning 850-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiyaning Xarkiv bo‘ylab 22 iyun kuni kunduzi yo‘llagan zarbasi oqibatida uch kishi halok bo‘lib, 50 dan ortiq kishi yaralandi.
  • DXRdagilar Ukraina qurolli kuchlari tomonidan yo‘llangan zarba tufayli uch kishi halok bo‘lgani haqida xabar berdi, Belgorod oblastida ham bir qurbon bor.
  • 22 iyunga o‘tar kechasi Rossiya Zaporijjya va Lviv oblastlarida energetika infratuzilmalari obektlari bo‘ylab raketa zarbalari yo‘lladi.
  • Ivano-Frankovsk o‘qqa tutilishi oqibatida Neft va gaz milliy texnika universiteti korpusi shikastlandi.
  • Niderlandiya mudofaa vaziri Kaysa Ollongren mamlakatUkrainaga yetkazish uchun Patriot tizimining yetishmayotgan qismlarini to‘plagani haqida e’lon qildi.
  • Slovakiya hukumati Ukrainaga qiruvchilar va havo hujumidan mudofaa tizimlari yetkazib berishga qaror qilgan oldingi hukumatning harakatlarini tekshirishni talab qildi.
  • Pentagon Ukraina qurolli kuchlariga Amerika qurollaridan Rossiyaning barcha chegaradosh hududlari bo‘ylab zarbalar yo‘llashga ruxsat bergan.
  • YeI va Ukraina o‘rtasidagi a’zolik bo‘yicha rasmiy muzokaralar 25 iyun kuni start oladi.
  • Krasnodar o‘lkasida ukrain dronlari hujumi oqibatida qozonxona xodimi halok bo‘ldi.

Kun voqeasi. Xarkiv shahri o‘qqa tutilishi

Ukraina qo‘shini Rossiya armiyasining Xarkiv atrofidagi yurishini to‘xtatishga erishgan bo‘lsa-da, shahar muntazam ravishda Rossiya qurolli kuchlari tomonidan raketa va artilleriya zarbalariga duchor bo‘lishi davom etmoqda. Bunday hujumlarning navbatdagisi 22 iyun kuni kunduzi ro‘y berdi. Xarkiv rasmiylariga ko‘ra, shaharga to‘rtta boshqariluvchi aviabomba tashlangan. Ulardan biri besh qavatli uy ustiga tushgan. Boshqa fuqarolik infratuzilma obektlari ham shikastlangan — jamoat transporti bekati, do‘konlar, aholi yashamaydigan boshqa binolar. Uch kishi halok bo‘lib, 56 kishi yaralangan. Bombalardan birining qulashi avtomobil videoregistratori orqali yozib olingan.

Xarkivdagi kommunal xizmatlar xodimlari Rossiya zarbasi oqibatida halok bo‘lganlardan birining jasadini olib chiqmoqda
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA
Xarkivlik kishi rossiyaliklar aviabombasi tushishi oqibatida qisman shikastlangan bino fonida itini olib ketmoqda
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA
Xarkiv markazidagi turar joy binosi pod’yezdiga bomba tushishi oqibatlarini bartaraf etayotgan qutqaruvchilar. «Suspilne» nashri o‘z muxbiriga asoslanib qayd etishicha, aviabomba tushishi oqibatida turar joy binosining tashqi devori qisman, shuningdek kamida uchta qavatdagi kvartiralar vayron bo‘lgan. 
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA
Rossiya zarbasidan qisman vayron bo‘lgan uyda yashovchi kishi kvartiradan butun qolgan buyumlarini olib chiqmoqda
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA
Bomba tushgan uyda avariya-qutqaruv ishlari butun tun bo‘yi olib borilib, 23 iyun kuni tongida, soat 6:30 da yakunlangan
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA
Rossiyaning 22 iyun kungi hujumi qurbonlaridan biri shu atrofdagi bekatda turgan trolleybus yo‘lovchisi bo‘lgan
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA

Donetsk oblastida kundalik hayot

Donetsk oblasti bu yozda RF qurolli kuchlarining yoppasiga yurish amaliyotlari o‘tkazayotgan hudud bo‘lib qolmoqda. Rossiya qo‘shini Ukraina qurolli kuchlari mudofaasini bir vaqtning o‘zida frontning bir necha uchastkasida — Chasiv Yar vaToretsk atrofida, Kuraxovo yo‘nalishida hamda Avdiyivka atrofidagi hududlarda yorib o‘tishga harakat qilmoqda. Shunga qaramay, RF qo‘shini bostirib kelayotgan hududlarda hayot davom etmoqda.

Slovyanskdagi plyajda o‘ynayotgan bolalar, 2024 yil 22 iyun. Ukraina qo‘shini 10 yildan oshiq vaqtdan buyon o‘z nazorati ostida saqlab qolishni uddalamoqda, 2014 yil bahorida Slovyanskka Igor Strelkov (Girkin) boshchiligidagi «ko‘ngillilar»ning otryadlari kirgandi (va bir necha kun o‘tib u yerdan siqib chiqarilgandi)
Alina Smutko / Reuters / Scanpix / LETA
Slovyanskdagi ko‘l sohilida sport maydonchasida o‘ynayotgan bolalar, 2024 yil 22 iyun
Alina Smutko / Reuters / Scanpix / LETA
Konstantinovka aholisi vakillari RF qurolli kuchlari zarbasidan vayron bo‘lgan bino fonida. Donetsk oblasti sharqidagi bu shahar xavf ostida turibdi, Rossiya qo‘shini Chasiv Yarda ukrain mudofaasini yorib o‘tgudek bo‘lsa, aynan ushbu shahar tomon yurish qilishi mumkin
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
2024 yil aprel oyi oxiridagi ma’lumotlarga ko‘ra, Donetsk oblastining Ukraina nazorati ostida qolgan qismida 525 ming kishi yashagan. Bu Rossiya bilan keng ko‘lamli urush boshlanishidan oldingi raqamdan (1,9 million) qariyb to‘rt barobar kamroq
Alina Smutko / Reuters / Scanpix / LETA
Vladimir Putin iyun oyida Donetsk oblasti (va Ukrainaning yana uch regioni) okkupatsiya qilinishini o‘z «tinchlik» taklifi shartlaridan biri sifatida keltirgandi. Shu bilan birga, RF qurolli kuchlari hozirda region hududining faqat 60 foizdan ko‘proq qismini nazorat qilmoqda
Alina Smutko / Reuters / Scanpix / LETA

Taras Shevchenko nomidagi Kiyev milliy universitetining Harbiy institutida bitiruv kechasi 

 Kiyev milliy universitetining Harbiy instituti (VIKNU) Ukraina qurolli kuchlari uchun turli sohalarga ixtisoslashgan zobitlarni tayyorlab beradi. Bu Ukrainadagi shu kabi yagona ta’lim muassasasi. Fotoda — VIKNUning 2024 yilgi bitiruvchilari diplomlarni topshirish marosimi
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA

Donetsk oblasti Selidovo shahri o‘qqa tutilishida halok bo‘lganlar

Selidovoda Rossiya aviazarbasi oqibatida ikki kishi halok bo‘lib, uch kishi yaralangan, deya ma’lum qilgan mahalliy rasmiylar. Xabar qilishlaricha, turar joy qurilmasi zarba hududida qolgan: bir necha besh qavatli uylar, xususiy turar joylar va avtomobil shikastlangan.

Selidovo so‘nggi haftalarda muntazam ravishda Rossiya armiyasi tomonidan o‘qqa tutilmoqda. Shahar Rossiya faol yurish qilishga intilayotgan Avdiyivka frontidan bir necha kilometr masofada joylashgan.

Jose Colon / Anadolu / Getty Images
Jose Colon / Anadolu / Getty Images

Ukraina qurolli kuchlari Serebryansk o‘rmonida himoyalanmoqda

RF qurolli kuchlari 2022 yil bahorida Luhansk oblastidagi Kreminna shahrini egallab olganidan keyin uning atrofidagi Serebryansk o‘rmonzorlari ustidan ham nazorat o‘rnatishga harakat boshlagan. Hudud uchun janglar shu vaqtga qadar turli intensivlikda davom etmoqda.

Ukraina qurolli kuchlarining frontning mazkur uchastkasida jang qilayotgan bo‘linmalari qatorida Milliy gvardiyaning 1-alohida topshiriqli operativ brigadasi ham bor. Brigada og‘ir zirhli texnikalar va artilleriya bilan qurollangan.

Pablo Miranzo / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Pablo Miranzo / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Pablo Miranzo / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Pablo Miranzo / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Pablo Miranzo / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Donetsk oblastidagi ukrain sapyorlari

Urush Ukrainani dunyoning eng minalashtirilgan mamlakatiga aylantirdi. Minalar va kichik portlovchi qurilmalar Ukraina hududining uchdan bir qismini egallab olgan — va minalardan tozalash ishlariga o‘nlab yillar ketadi. Quyida Ukraina qurolli kuchlarining 93-brigadasi sapyorlari Donetsk oblastidagi hududlarda qanday ish olib borayotgani ko‘rsatilgan.

Jose Colon / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Jose Colon / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Jose Colon / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Jose Colon / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Mavzuga oid