Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni tabrikladi
Davlat rahbari Gurbanguli Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan qutlab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, qardosh Turkmaniston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 iyun kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Milliy kengashi Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Davlat rahbari Gurbanguli Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan qutlab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, qardosh Turkmaniston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.
Milliy yetakchining zamonaviy Turkmanistonni barpo etish va jadal rivojlantirish, mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish, ko‘p qirrali O‘zbekiston-Turkmaniston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashdagi tarixiy o‘rni alohida qayd etildi.
Keyingi yillarda ikki tomonlama hamkorlikda erishilgan yutuqlar alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmi oshmoqda, chegaraoldi savdo zonasi tashkil etilmoqda, muhim qo‘shma iqtisodiy va gumanitar dasturlar amalga oshirilmoqda.
Yetakchilar qo‘shma Hukumatlararo komissiyaning bo‘lajak yig‘ilishida sanoat, transport, energetika, qishloq xo‘jaligi sohalari, hududlararo va madaniy almashinuvni rivojlantirish bo‘yicha yangi kooperatsiya loyihalarini ishlab chiqish muhimligini qayd etdilar.
Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlari ham ko‘rib chiqildi.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Urush tufayli Rossiya qurol eksportini kamaytirdi. Uning jahon bozoridagi o‘rnini Hindiston egallamoqda
Jahon | 09:55
-
Toshkentda uch kishini o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 09:40
-
Yevroittifoq migratsiya siyosatini kuchaytirmoqda
Jahon | 09:26
-
Yil boshidan beri eng ko‘p qanday ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgani aytildi
O‘zbekiston | 08:54
Mavzuga oid

17:00 / 19.03.2025
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi

16:49 / 13.01.2025
Gurbanguli Berdimuhamedov ilk bor «Millat otasi» deb nomlandi

15:25 / 06.12.2024
Turkmaniston O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni ko‘paytiradi

18:02 / 05.12.2024