Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov örtasida 5 noyabr kuni bölib ötgan telefon muloqotida tomonlar tabiiy gaz sohasidagi hamkorlikni ham muhokama qildi.

“Turkman xalqining milliy yetakçisi va qöşni qardoş davlat rahbari gaz sohasida hamkorlikda olib borilayotgan işlar yuqori samaradorlikni qayd etib, uning uzoq muddatli ekanini ta’kidlab, Özbekistonga turkman tabiiy gazini yetkazib beriş hajmini oşirişga kelişib oldilar. Şuningdek, yaqin kelajakda amalga oşirilişi rejalaştirilgan qöşma gaz loyihalarining katta istiqbollariga urğu berildi”, – deyiladi Turkmaniston prezidenti matbuot xizmati xabarida.

Qayd etilişiça, telefon muloqotida suv xöjaligi sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari ham körib çiqilgan. Berdimuhamedov Markaziy Osiyodagi suv muammosining yeçimi borasida Turkmanistonning pozitsiyasini ma’lum qilgan. Bu pozitsiyaga köra, mintaqadagi suv resurslari xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalari asosida hal etilişi, şuningdek, mintaqadagi barça mamlakatlarning manfaatlari inobatga olinişi zarur. Markaziy Osiyodagi suv masalasini xalqaro taşkilotlar, birinçi navbatda BMT iştirokida körib çiqiş zarur, degan Turkmaniston parlamenti raisi. Özbekiston prezidenti ikki davlatning bu boradagi yondaşuvlari “töliq mos kelişi”ni qayd etgan.

Özbekiston prezidenti matbuot xizmati ham öz xabarida yetakçilar energetika va suvdan foydalaniş sohalarida özaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilganini qayd etgan. Joriy xalqaro vaziyat va mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almaşilgan.

Oktyabr oyi oxirida Turmaniston Rossiyaga gaz yetkazib berişni töxtatgani ma’lum bölgandi. “Turkmengaz” va “Gazprom” örtasidagi şartnoma muddati joriy yilning 30 iyun kuni tugagan va tomonlar yoqilğining yangi narxi böyiça kelişa olmagani sabab yangi şartnoma tuzilmagan.

Avvalroq “Turmaniston – Afğoniston – Pokiston – Hindiston” (TAPI) gaz quvurining Afğonistondan ötadigan qismi qurilişi boşlangani