Jahon tajribasidan ma’lumki, qişloq xöjaligi mamlakat iqtisodining eng muhim tayanç tarmoqlaridan biri. Ayniqsa, hududining köpgina qismi agroxöjalikka ixtisoslaşgan, aholi soni esa tobora oşib borayotgan Özbekiston uçun bu yönalişning örni va ahamiyati nihoyatda katta. Qolaversa, mamlakatimiz umumiy yalpi içki mahsulotda qişloq xöjaligi mahsulotlarining uluşi 24 foizni taşkil etadi. Bu öz navbatida soha oldiga ekinlarni soğlom va xavfsiz yetiştiriş, mahsuldorlik va sifatni oşiriş kabi dolzarb vazifalarni qöyadi.

Ösimliklarni himoya qiliş borasida qariyb 25 yillik tajribaga ega, dunyoning yetakçi kompaniyalarida biri – Rainbow Agro mana bir neça yildirki ayni şu maqsad bilan Özbekiston agrar sektori rivoji yölida özining munosib hissasini qöşib kelmoqda. Kompaniya 2000 yilda taşkil etilgan bölib, asosan ekinlar uçun zarur bölgan turli fungitsid, gerbitsid, insektitsid, ösişni boşqaruvçi regulyatorlar va biostimulyatorlarni işlab çiqariş hamda yetkazib beriş bilan şuğullanuvçi global kompaniya hisoblanadi.

Bugungi kunda Rainbow Agro yirik işlab çiqaruvçi sifatida yer şarining 5 qit’asida 90 dan ortiq davlatlarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda. Korxonaning strategik işlab çiqariş zavodlari Xitoyda joylaşgan bölib, Ispaniya, Argentina va AQŞda ham uning zamonaviy işlab çiqariş markazlari mavjud. Jahon böylab kompaniyaning 7000 dan ortiq mahsulotlari röyxatdan ötkazilgan va 230 dan ortiq ilmiy işlanmalarini patentlaşga erişgan. Kompaniya tizimida 4500 mingga yaqin işçi xodimlar faoliyat yuritadi. Yillik tovar aylanmasi hajmi esa, 2,2 mlrd AQŞ dollarini taşkil etadi.

Har qanday soha rivojida ilmiy yondaşuvning ahamiyati yuqori. Bu qişloq xöjaligida, ayniqsa muhim. Şu bois kompaniya jahon standartlari talabi asosida 2 ta R&D ilmiy tadqiqot markazini ham işga tuşirgan. Bu yerda öz sohasining yetuk mutaxassislari, professor olimlari faoliyat yuritib, ular preparatlarning yuqori sifatini ta’minlaş maqsadida muntazam tadqiqot işlarini olib borişadi, yangi işlanmalar ustida boş qotirişadi.

Örni kelganda aytiş kerak, Rainbow Agro Uzbekistan mamlakatimizga 2021 yilda kirib kelgan bölsa-da, şu qisqa fursat içida allaqaçon katta yutuqlarni ham qölga kiritdi. Hozirgi kunda kompaniya respublikamizning barça hududlari böylab ön minglab dehqon va fermer xöjaliklariga xizmat körsatib keladi. Bundan taşqari yirik agro holdinglar, klasterlar, işlab çiqaruvçi korxonalar bilan ham yaqindan hamkorlikni yölga qöygan. Buyurtma asosida 100 ga yaqin mahsulotlarni kompaniyaning işlab çiqariş zavodlaridan töğridan töğri fermer va dehqonlarga yetkazib beradi. Şuning uçun ham kompaniya mahsulotlari hamyonbopligi, işonçli va sifatliligi bilan boşqa firma mahsulotlaridan ajralib turadi.

Kompaniya şiori – Barçasi ösiş uçun! Halollik, tezkorlik, mijozlarga yuksak darajadagi e’tibor. Bu esa kompaniyaning asosiy qadriyatlaridan sanaladi. Ayni şu mezon asosida barça hududlarda malakali agronom xizmatlari yölga qöyilgan. Ular uruğni yerga qadaşdan tortib to hosil yetilgungaça bölgan jarayonda mirişkor dehqonu fermerlar bilan yelkama-yelka turib, öz maslahat va tavsiyalarini berib borişadi. Har bitta hududning iqlim şaroiti, tuproq unumdorligi, zararkunanda va kasalliklarning turi va ta’sir doirasiga qarab öziga xos yeçimlarni taklif qilişadi. Darvoqe, doimiy konsultatsiya beriş uçun 24/7 rejimda call markazlari (tel: +99855 500 26 00) ham işga tuşirilgan.

BMT Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti ma’lumotlariga köra, dunyo miqyosida har yili dala kuşandalari va kasalliklar sabab 30-35 foizgaça, ayrim davlatlarda esa, 50 foizgaça hosil nobud bölmoqda. Buning natijasida har yili jahon iqtisodiyotiga 1,4 trillion dollardan köproq zarar yetkazilmoqda. Natijada bu oziq-ovqat xavfsizligiga sezilarli darajada ta’sir körsatmoqda. Qişloq xöjaligidagi mana şunday global inqirozning oldini oliş – Rainbow Agro kompaniyasining asosiy maqsadlaridan biri. Bunga kompaniyaning imkoniyatlari ham, salohiyati ham yetarli.

Rainbow Agro kompaniyasining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari

Cayt: rainbowagro.com

Cayt: rainbowagro.com/uzbekistan

Instagram: @rainbowagrouzbekistan

Telegram: t.me/rainbowagrouzb

Telefon: +99855 500 26 00

Reklama huquqi asosida